Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

127


Bog‘lading zulf ila ko‘nglumni, xalosin tilamon,

Berkrak chekkali  shoyadki  degaymenkim,  yesh. 

Nesh so‘l ko‘ziga yetganda gar o‘tru tutmas,  

O‘ng ko‘zin ayni rizo ani demaydur darvesh. 

Do‘stung dedi Navoiy o‘zini, bilmonkim,  

Ne uchun bo‘ldi aning dushmani begonayu xesh. 



247

Ey, ko‘ngul gulzori vasling subhida nolanda qush,  

Yo‘qki,  atfoli firoqing ilgidin parkanda qush. 

Qasri uzra qushmu timsol ettilar ul shahning,  

Yo boshig‘a chatrdek ochti qanot farxunda qush. 

Nutqi to‘ti, jilvasi tovusu raftori tazarv,

Husn gulzorida yo‘qtur bir  anga monanda  qush. 

Nomai shavqumni chun elturga ojiz bo‘ldilar, 

Yel ko‘runmas ko‘zga dam urmas bo‘lub sharmanda qush. 

Qush bo‘lur, boshimg‘a qo‘ng‘ach, dudi ohimdin qora,  

Ko‘r junun jazbinki, anda qo‘nsa, bo‘lg‘ay banda qush. 

Faqr tut, gar istasang uchmoqki, bu ummid ila,  

Bo‘ynig‘a tasbih osib, yungdin kiyibtur janda qush. 

Ey Navoiy, ishqdin qochma, boqib bulbul sari,

Ko‘rki, maxlas topmadi bu banddin parranda qush. 

248

Har nechakim javru istig‘no erur jonong‘a ish,  

Juz niyozu ajz ne bo‘lg‘ay meni hayrong‘a ish. 

Shavkat ahli yor la’lidinki, kom etmish tama’, 

Ey ko‘ngul, o‘lsam ne tong, chunkim tushubtur jong‘a ish. 

Ashku ohimdin agar ko‘nglum buzulsa ne ajab,  

Mulku kishvar buzmayin ne bo‘lg‘usi to‘fong‘a ish. 

Hajr dashtida quyun birla yugurmakdur ishim,  

Mundin o‘zga bo‘lmag‘ay majnuni sargardong‘a ish. 

Bodano‘shum tavba tarkidinki, qildi tarki hush,  

Ey ko‘ngul, tushti yana men zori besomong‘a ish. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling