Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin
www.ziyouz.com kutubxonasi
135
Kecha uyqu birovda bo‘lmasa ne tongki, ko‘yungda To‘shanmish xorni ostidayu xoroni yastanmish. Choqilg‘ach lam’ai husnung, manga qolmas asar boqiy, Birovga ne asar qolg‘ayki, barq o‘tig‘a o‘rtanmish. Raqibing ham, iting ham ko‘pglumga ko‘yungda dushmandur Ki, tunlar to sahargah tortmish afg‘onu kungranmish. Jahon ahlig‘a gar uyqu harom o‘lsa ajab ermas Ki, noz uyqusidin ul kofiri bebok uyg‘anmish. Meni oshuftani ul turradin qilmoq xalos o‘lmas Ki, jonim rishtasi birla aning har tori to‘lg‘anmish. Zamong‘a bovujudi bevafolig‘ ta’n qilmangkim, Zamona ahlidin rasmi vafo bobinda saylanmish. Manga zuhdi riyoi xirqasidin ul palos ortuq Ki, yuz qatla fano dayrida may loyig‘a bulg‘anmish. Xusho mug‘ dayrikim, bir damda aylar muflisu rasvo Biravkim, umrlar ham molu ham nomus qozg‘anmish. Navoiy zuhd xarfin tavba qilsa, ey riyo ahli, Anga kelmas o‘lum, bir harzani gar aytmish-tonmish. 263 Dardi ko‘p uryon tanimg‘a yuz tuman dog‘ o‘lmamish, Toki har bir dardig‘a bir dog‘ etar chog‘ o‘lmamish. To ko‘zung oyini usruklukduru bemorlig‘, Za’flig‘ sarmast ko‘nglum lahzae sog‘ o‘lmamish. G‘am tuni ul oydin ayru aylamish anjum xirosh, Har taraf ko‘ksumni go‘yo ranja tirnog‘ o‘lmamish. Poya ishq ahlig‘a olidur, yo‘q ersa xalqdin, Qochqali Farhodning manzilgahi tog‘ o‘lmamish. Foniy o‘lkim, dayr piri jur’asidin bahravar Bo‘lmamish, har kimki bu dayr ichra tufrog‘ o‘lmamish. Ne asar qilg‘ay ko‘rub qonlig‘ tanim uzra tugan, Senki hargiz may tomib, gulgun to‘nung dog‘ o‘lmamish.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar www.ziyouz.com kutubxonasi 136
Ey Navoiy, vaslig‘a sendin keyinrak yo‘q kishi, Kimsa garchi oshiqi sendin burunrog‘ o‘lmamish. 264 Demagil mujgonkim, ul ko‘z qasdi ahbob aylamish Qim, temurdin neshlar aylab, siyahtob aylamish. Xolu xatdin mushafi ruxsorig‘a kilki qazo, Mushk birla nuqta, anbar birla e’rob aylamish. Uyqudin bosh qo‘yg‘ay ul ko‘z sajda, xud qilg‘usi yo‘q Kofirekim, mastlig‘din azmi mehrob aylamish. To‘lg‘adi jon rishtasiyu tori zulfi xushturur, Gar bir ip eshmak uchun ul ikkini tob aylamish. Nomabar qush yordin kelgach, o‘larmen shavqdin, Jon chekarga go‘yo har tirnog‘ni qullob aylamish Ey xush ulkim, bu havodis dayrig‘a kirgan kishi Chiqqucha, davron ani masti mayi nob aylamish. Ey Navoiy, zavraqi umrung qutulmaskim, qazo Davrig‘a aning falak bahrini girdob aylamish.
Dardi ishqing uyla zor etmish meni, ey bag‘ri tosh Kim, qo‘yarmen yig‘labon har notavon ollida bosh. Ko‘ngluma ko‘zdin kirib, g‘ayri xayolin qo‘zg‘adi, Zarra xayli qo‘zg‘alur, chun kirdi ravzandin quyosh. Chun meni qildi balo tog‘i junun, tosh otmangiz, Negakim yerdin olib otmas kishi tog‘ uzra tosh. Reshdur bo‘g‘zum balo zahri ichardin, yo‘q ajab, Holima yig‘larda andin o‘tkan un topmoq xirosh. O‘qi yetkachkim, bo‘lub jon birla ko‘nglum muztarib, Iztirob ermas, boshoq ustida aylarlar talosh. Durdi joming ham g‘izo, ham bodadur, ey mug‘bacha, Piri dayr iqbolidin shahlarg‘a yo‘q mendek maosh. Eyki, ko‘rmaysen Navoiy ohi o‘qi hay’atin, Bir stundek shu’la ko‘k sahfig‘acha, ko‘rgil, tutosh.
Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling