Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


ZYe HARFINING ZARIFLARINING ZUHURI «FAVOYID»DIN


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

ZYe HARFINING ZARIFLARINING ZUHURI «FAVOYID»DIN 

284

Gar yorning ahvolig‘adur yor mulohiz

Oz ham xush erur, bo‘lmasa bisyor mulohiz. 

Bu davrda yor uyladurur yorg‘a dushman,  

Kim tutmas o‘zin onchaki ag‘yor mulohiz. 

Davr ahlig‘a soqiy ne mulohiz bo‘la olg‘ay,  

Nevchunki emas gunbadi davvor mulohiz. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

146


Ne yori vafodor mulohiz ekan oxir 

Kim, bo‘lmadi ul sho‘xi jafokor mulohiz. 

Faryodki, ishqim marazi bo‘ldi fuzunroq,  

Har nechaki, bo‘ldum meni bemor mulohiz. 

May berki, qazo topmog‘usi aql ila tag‘‘yir,

Har nechaki bo‘lsa xirad osor mulohiz. 

Ko‘ngliga Navoiyning urar ishq nihon o‘q,  

Naylab bo‘la olg‘ay bu dilafkor mulohiz. 



285

Ey, labing zohir etib shirin lafz,

Xoh yolg‘on desun ar xud chin lafz. 

Chinu yolg‘onn aning shirindur

Gar desa bir dam aro chandin lafz. 

Otashin la’ling erur bas rangin,  

Ne ajab, qilsa ayon rangin lafz! 

La’li alfozi meni tirguzdi,  

Qaysi bir deb, ne qilay ta’in lafz. 

Qahru lutfung bori jonbaxshdurur,  

Buyla kim ko‘rdi hayotoyin lafz. 

Anglamon g‘oyati ma’ni so‘zinga,  

G‘oyatash aylagamen tahsin lafz. 

Qil, Navoiy, so‘z aro ma’ni qasd,

Istama uylaki suratbin lafz. 

286

Ul pariy tarkida aqlim dedi yolg‘on alfoz,

Ne ajab, aytsa devona parishon alfoz. 

Ahli ishq ollida ne lafz degay mustahsan,  

Ne degay ahli xirad ollida nodon alfoz. 

Hur husnini qiziqroq dedi ul yuzdin shayx,  

Surmagay buyla sovug‘luq bila inson alfoz. 

Sirri ishqimdin el ollida biror lafz dedim,

Bu emish qilg‘uchi qoyilni pushaymon alfoz. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

147


Lafzi jonbaxsh ila ul umr magar bo‘ldi Masih,

Yo‘q esa buyla asar birla ne imkon alfoz. 

Bir-iki lafz dedim ishqidin — o‘lturdi meni,  

Magar emdi degamen hashrda qolg‘an alfoz. 

Ul pariy kulmak uchun, ko‘rki, Navoiy g‘amidin,  

Fosh etar ahli junundek chekib afg‘on, alfoz. 



257

So‘z adosindadur ul koni malohat laffoz,  

Uylakim vasfi aro ahli balog‘at laffoz. 

Nomasin qush keturub, sayrasa avsofida ko‘p,  

Yo‘q ajab, chunki bo‘lur ahli risolat laffoz. 

Yaxshi alfoz ila til gar desa ul oy qavlin,

Tong emastur, kim erur ahli maqolat laffoz. 

Vasfi har lafzida yig‘latdi ko‘ngul dard ahlin,  

Qayda topti bu qadar dard ila holat laffoz. 

Ko‘ngul ollida  g‘amin qilma talaffuz, tilkim,

Yetkurur ahli maoniyga malolat laffoz. 

So‘zda ma’ni bila ko‘p lafzg‘a mayl aylamakim,

Zohir oroyishini ayladi odat laffoz. 

Lafz zebida Navoiyga berur ma’ni yuz,

Qayda ma’nida topar muncha mahorat laffoz. 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling