Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

144


Qil Navoiyni hamul xat bila, yo rab, ozim  

Kim, biror yonidin ayrildi o‘tuz olti xutut. 



281

Qilg‘ay ul orazni ko‘rmakdin meni hayronni zabt,  

Kimki qon to‘kmaktin etkay ul ko‘zi fattonni zabt. 

Zabt qil dersen ko‘zung yoshiyu ko‘nglung ohini,

Olloh-olloh, kim qilibtur sarsaru to‘fonni zabt. 

G‘ayridin ko‘nglum qushi ko‘ksumni mazbut asradi,  

Chug‘zi ojiz, vah ne qilg‘ay, aylamay vayronni zabt. 

Menki afg‘ondin ko‘ngulni zabt eta olmon, ne nav’  

Zulm etar bedodidin aylay ko‘ngul olg‘anni zabt. 

La’li hajrinda firoqi neshidin o‘lsam, ne tong  

Kim, qila olmon ko‘ngulning yarasidin qonni zabt. 

Nolani men qayda zabt ettimki, aylay olg‘amen,  

Hajrdin har lahza  ko‘nglum  aylagan  afg‘onni zabt. 

Charxdin ne kelsa, xush tut o‘znikim, qilmas qazo,  

Bir sening ra’ying uchun bu gunbadi gardonni zabt. 

Zabt qilmas davr  ayog‘in sipqorurda,  soqiyo,  

Shahki jomi adl birla aylagay davronni zabt. 

Ey Navoiy, zabt qilmon o‘zni hijron bazmida,

Qilmasam tong yo‘q surudu nag‘mai hijronni zabt. 

Soqiyo, may to‘la bermakin azm aylading, 

Usruk o‘ldumkim, qiladur suhbati jononni zabt*. 

282

Ey, xayolingdin manga har dam nishot,  

Ko‘ngluma vasling so‘zidin inbisot. 

Gar sanga bo‘lmoqqa had yo‘q muxtalit,

Ham tahayyul birla xushtur ixtilot. 

Xo‘blarni rux bila qil motkim,

Shoh ko‘rmaydur seningdek bu bisot. 

Dema, ruxsorim nachuk vasf aylagung,  

Qo‘yki, bir dam yaxshi aylay ehtiyot. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

145


Gar pariy sendek dedim yozg‘urmakim,  

Telba alfozida bo‘lmas irtibot. 

Eski olamg‘a ko‘ngul ko‘p bog‘lama  

Kim, musofirg‘a vatan bo‘lmas rabot. 

Ko‘rsa hajringdin Navoiy yuz malol,

Raf’ etar, vaslingdin o‘lg‘ach bir nishot. 



283

Yuzung yonidakim bosh chekti har yondin muanbar xat,  

Gul uzra mushkdin kilki qazo qilmish  muharrar xat. 

Jamoling safhasig‘a ikki qoshing matlaedurkim,  

Yozibtur kotibi sun’ ani husn ahli uchun sarxat. 

Guli ruxsoringa ko‘p zeb berdi sabzai xatting,

Bag‘oyat xushnamo ermish qizil kog‘azda axzar xat. 

Yuzungnung tegrasida xatmudur yo sun’ pargori,  

Quyoshning davrig‘a tahrir uchun chekti mudavvar xat. 

Yuzungnung dog‘i birla aijumungdin ne osig‘, ey oy,  

Quyoshdek oraz uzra xushturur gar xol erur, gar xat. 

Meni maxmurlug‘ ranjidin ozod etsang, ey soqiy,  

Yozarmen, garchi ilgim titramaktin kelsa abtar xat. 

Xating vasfida har nekim savod etmish ko‘ngul, andin  

Erur bir anbarin zanjiri savdo ahlig‘a har xat. 

Ko‘runur gul kebi orazda mushkin xat, base, dilkash,  

Varaq gar xo‘b emastur, xo‘b emas yozmoq muyassar xat. 

Navoiy, berma pandim, xosa xat bosh chekti ul yuzdin,

Chiqa olmon xatidin, har  nachukkim cheksa dilbar xat. 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling