SOD HARFINING SANAMLARINING SAYTI «FAVOYID»DIN
271
Ishqing eliga ranju ano birla ixtisos,
Xayli g‘amingg‘a dardu balo birla ixtisos.
Fitna agar jahonni qora istamas, nedin
Istar ul ikki ko‘zi qora birla ixtisos.
Maxsus bo‘lmasam sanga yo‘q ayb, bo‘lmasa
Olam elida shahg‘a gado birla ixtisos.
Topsa ko‘ngul qadingg‘a xususiyat, etma ayb,
Kim, ko‘rguzar Kalim aso birla ixtisos.
Ul ko‘zga qoshu kirpik ila ixtisos esa,
Ne tong qaroqchig‘a o‘qu yo birla ixtisos.
Ovoralarni ista jahon ichrakim, kerak
Dayri fanoda ahli fano birla ixtisos.
Ul gul firoqi ichra Navoiy fig‘on bila
Bulbuldururki, topti navo birla ixtisos.
272
Istaram furqat aro jonu jahondin maxlas,
Istamasmen vale ul ofati jondin maxlas.
Hajrida jondin agar o‘zni xalos istarmen,
Jong‘a ne mumkin erur istamak andin maxlas.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |