Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

132


Ahli ishq, o‘lmangiz ozurda firoq o‘tlaridin,

Ul tomug‘qa bore vasl uchmog‘i ermish podosh. 

Ishq aro vaslni kom ahli nachukkim, talashur,  

Hajrni zumrai nokom kerak qilsa talosh. 

Kim firoq o‘tig‘a sabr etsa Navoiy yanglig‘,  

Otashin gullar anga bo‘lg‘usi ul o‘ttin fosh. 



257

Bizga yo‘qtur olam ahlidin jafodin o‘zga ish,

Har zamon yuz dardu har dam yuz balodin o‘zga ish. 

Ohkim, andin jafodin o‘zga kelmas o‘truda,  

Garchi mendin kelmadi hargiz vafodin o‘zga ish. 

Menmenu oshnqliq, ey nosihki, umrum borida,  

Boshima juz ishq kelmaydur qazodin o‘zga ish. 

Zulfi zanjiri aro ming zulm ko‘rsam, ey ko‘ngul,  

Juz tazallum istamamen mubtalodin o‘zga ish. 

Nozu istig‘no necha ko‘rguzsa ul sultoni husn,  

Juz niyozu ajz ne kulgay gadodin o‘zga ish. 

Xizmatig‘a qaysi yuz birla boraykim, kelmamish  

Tiyralikdin o‘zga men yuzi qorodin o‘zga ish. 

Do‘stu lutfidin umidim onchadurkim, g‘ayri afv  

Istay olmon, garchi qilmaymen xatodin o‘zga ish. 

Mendin o‘zga ish kelmay juz mayi subhiy chekib,

Juz g‘ino kelmas yana ahli riyodin o‘zga ish. 

Ey Navoiy, va’dai vaslig‘a bo‘l xursandkim,  

Charx nogah qilmag‘ay zohir oradin o‘zga ish. 

258

Olur jonimni ishqu manga dam urmoq mahol o‘lmish,  

Birovdekkim, tili aning o‘lar holatda lol o‘lmish. 

Erur har sari keskan na’l yo raxshing izi bilmon,  

Tanim tufrog‘i to javlongahingda poymol o‘lmish. 

Ichib qonimni ul ko‘zkim qizarmish, notavonedur  

Ki, ham bemorlig‘da may chekib, ruxsori ol o‘lmish. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling