www.ziyouz.com kutubxonasi
15
Navoiy usruk esa subhu shom, tonglamakim,
Azalda kilki qazo chekti bu raqam bizga.
28
Yorlardin qilibon ram go‘yo,
Bo‘ldung ag‘yorg‘a hamdam go‘yo.
Xayli ushshoqki, mardud etting,
Bormen ul xaylda men ham go‘yo.
Dudi oh ichra qora kiymishlar,
Bo‘ldi ishq ahlig‘a motam go‘yo.
Buki, devona ko‘ngul sevdi pariy,
Bevafodur bani odam go‘yo.
Girdibolisht anga xurshid o‘ldi,
Ul erur Isoi Maryam go‘yo.
Olam asbobi uchun g‘am yemagil,
Arzimas bunchag‘a olam go‘yo.
Ey Navoiy, buki, aylandi habib,
Yo‘qtur ul zaxmg‘a marham go‘yo.
29
Chiqmaq usruk dog‘i ul kofiri bebok balo,
Mastlig‘din yaqo ham aylamagi chok balo.
O‘lturur qahriyu lutfi, bas erur bo‘lg‘anda
Ul pariy chehra g‘azabnoku tarabnok balo.
Yuzu qaddi gul ila sarvni o‘rtabki, erur
Ham xadi pok balo, ham qadi cholok balo.
Mehrn ruxsorng‘a ko‘z solsam o‘larmenkim, bor
Zaqanidin yuzu manglayig‘acha pok balo.
Raxsh surganda o‘kush jonlar erur xokirahing,
Ko‘rmadi sen kebi hargiz kurrai xok balo.
Kim balodin qocha olg‘ayki, qilib davr aylar
Xalq boshi uza parvizani aflok balo.
Lam’ai orazidin kuysa Navoiy ne ajab,
Torta olg‘aymu choqin yo‘lida xoshok balo.
Do'stlaringiz bilan baham: |