Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

10

Navoiy, bu husni kaloming bila  



Emas hojat ehsonu tahsin sanga. 

18

Telba ko‘nglum yorasi hadsiz tani uryon aro,  

Uyladurkim, yer tutar devonae vayron aro. 

Buki, la’ling nuktasi har dam o‘lukni tirguzur,  

Kirdi Ruhulloh, magar ul chashmai hayvon aro. 

La’l yozilg‘on kebidur la’l aro qilsang nazar,

Ko‘zki hayratdin tikibmen ul labi xandon aro. 

Qatra su ichra, degaykim, bargi gulning aksidur,  

Qatra qonim rangini kim ko‘rsa ul paykon aro. 

Qomating yodida ko‘nglum ichra har keskan alif,  

Rost bo‘lmish ul alifdekki, yozilg‘ay jon aro. 

Jon fidong o‘lsun, habibimkim, hamono bor edi,  

Qasdi mahluqot aro insonu sen inson aro. 

Ey Navoiy, istasangkim o‘lmagay el darddin,  

Dardi holingni dema nazm  aylabon afg‘on aro. 

19

Soqiyo, naqdi hayotim javharidur jom aro 

Kim, erur jom ichra may, aksing mayi gulfom aro. 

Lojuvardi charx jomida shafaqdin quydi may,  

Quy shafaqgun bodasin ham lojuvardi jom aro. 

Mast o‘lub bir dam shabob ayyomini tut mug‘tanam  

Kim, yigitlik dam-badam o‘tmakdadur ayyom aro. 

Bir zamon ayrilma ahbobi neku farjomdin  

Kim, erur oxir judolig‘ dahri nofarjom aro. 

Bo‘lmasa ashrof sofiy, no‘sh bazmi xushturur,  

Mastlig‘ dayr ichra ham arzoli durdoshom aro. 

Chun qotiq hangomadur rihlat, icharmen tunu kun  

Kim, o‘zumni aylagaymen bexud ul on hangom aro. 

Dahr no‘shi komig‘a bo‘lma, Navoiy, g‘arrakim,

Tegmasun nokomlig‘ning neshi andin kom aro. 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling