Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

19

Garovga navbati dastormu ekin, oyo. 



Navoiy o‘zlukidin kechti, dog‘i qo‘ydi qadam,  

Bu yo‘lda emdi sabukbormu ekin, oyo. 



36

Orazu xolingni birdam ko‘rmasam, ey dilrabo,  

Uyladurmenkim, ko‘runmas ko‘zuma oqu qoro. 

Hajr aro ra’no qading naxlin tilarmen tengridin,

Shomlar sham’ istagandek xayr ahlidin gado. 

Gar firoq ayyomining bilmon hisobin, ne ajab  

Kim, yuzung hajrinda kunduz kecha yanglig‘dur mango. 

Barq emas, olamg‘a yuz qo‘ymishdur ohimdin sharar,

Ra’d emas, gardung‘a chirmanmish fig‘onimdin sado. 

Boshing ol, ket o‘z payi vaqtingg‘a, ey shaydo ko‘ngul  

Kim, emassen xasta jonning hech dardig‘a davo. 

Necha oqqay ko‘z yoshim, yetkur g‘uborin, ey nasim,

Farzi ayn erur yasharur ko‘zga solmoq to‘tiyo. 

Umr yeldek o‘tmakin debsen magar, ey bog‘bon  

Kim, yaqosi choksiz gul butmadi bu bog‘ aro. 

Jon topay, dersen, sabuhiydin, vale g‘ofilki, subh  

Chok etib ko‘nglak, sening holingg‘a tutmishtur azo. 

Ey Navoiy, xasta ko‘nglumga madaddur novaki,

Rost andoqkim, zaif elga berur quvvat aso. 

37

Sarig‘ og‘rig‘ bo‘ldum, ey soqiy, xazoni hajr aro,  

Qoni asfar mayki, bor har qatrasi bir kahrabo. 

Yuzu jismimdur sarig‘ barge qurug‘an shox uza,

Shoxu bargekim, qurub sarg‘arsa, kim ko‘rmish davo! 

Ne marazdur buki, bir gulruh sharori ishqidin,  

Bo‘ldi sarig‘ lola ko‘zum oqiyu dog‘i qoro. 

Sud emish ko‘z tushsa asfar jinsi sari, vah, qani

Sarvinozimkim, sarig‘ gul bargidin kiymish qabo. 

Sarg‘arib qolmish havodis kojig‘a hijron kuni,  

Sir sarig‘ qushdekki, kunduz qolg‘ay ul qushlar aro. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling