Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar  www.ziyouz.com


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

30


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

16

Do‘st bo‘lmas gar jamol ahliga jon qilsang fido,



Dushmani jondur agar jonu jahon qilsang fido. 

Xasta joningg‘a baloyi jovidondur qotile

Kim, tamannosig‘a umri jovidon qilsang fido. 

Ey ko‘ngul, ko‘rsang labu qaddin, kerak shukronag‘a  

Javhari joning bila naqdi ravon qilsang fido. 

Dedi: kelgum so‘rg‘ali, ey ishq, jonim asrag‘il,

Kim kerakkim, kirgach ul nomehribon, qilsang fido. 

Umrg‘a yo‘q e’timod, ey xasta jon, o‘zni kerak  

Ul ko‘ngul oromini ko‘rgan zamon qilsang fido. 

Jilva aylar har taraf bir mug‘bacha, ey piri dayr,

Jonim olibsen, bil ani har qayon qilsang fido. 

Ey Navoiy, kosh yuz joning bo‘lub, jononadin

Istamay bir vasl, borin roygon qilsang fido. 

31

Yor dardim so‘rmayin ko‘nglumni mahzun qildilo,

Jonim oshubini kam qilmoqdin afzun qildilo. 

Bermayin zaxmin jigar qonig‘a taskin gunae  

La’li kulmak birla ashkimni jigargun qildilo. 

Daf’i savdo istadim la’li mayidin bir yo‘li,  

Ul pariy savdozada ko‘nglumni majnun qildilo. 

Ey ko‘ngulkim, sabr tog‘in maskan etting, oqibat  

Tund sayli ishq ul tog‘ingni homun qildilo. 

Besutung‘akim sutun Farhod bo‘ldi, qofi ishq  

Ul sutunni Besutun ostidag‘i nun qildilo. 

Nedur uchmoq joh ila, oxir falak Namrudning  

Osmoni taxtu johin ganji Qorun qildilo. 

Qatra xo‘yluq orazing vasfin Navoiy qilg‘ali  

Lutfi tab’ abyot nazmin durri maknun qildilo. 

32

Vahki, bo‘ldum ishq aro bir bevafog‘a mubtalo,  

Bo‘lmasun ahli vafo mundoq balog‘a mubtalo. 

Anglag‘ay majnunlug‘u bedillig‘imni har kishi  




Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling