Alisher Navoiy.
Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
13
Gul kerakmastur menga, majlisda sahbo bo‘lmasa,
Naylayin sahboni, bir gul majlisaro bo‘lmasa.
Bazm aro xushtur qadah kavkab, vale ermas tamom,
Mutribi xushlahjai xurshid siymo bo‘lmasa.
Mehru mohu mushtariyu zuhra chun qildi tulu’,
Hech nahs axtar tulu’i anda qat’o bo‘lmasa.
Muncha bo‘lsa ham muyassar, jam’ emas xotir hanuz,
Toki mug‘ ko‘yida bir mahfuzi ma’vo bo‘lmasa.
Chun bu yerda ichkaridin rust bog‘landi eshik,
Odam ermas ul kishikim, bodapaymo bo‘lmasa.
Xushturur bu nav’ amniyat, vale aqshomg‘acha
Gar falakdin bir xiyonat oshkoro bo‘lmasa.
Har kishiga umrida bu nav’ bir kun bersa dast,
To abad g‘am yo‘q agar bo‘lsa yana, yo bo‘lmasa.
Umr bazmida nashot asbobi dilkashdur, base,
Gar havodis shahnasidin anda yag‘mo bo‘lmasa.
Ey Navoiy, gar nasibingdur abad umre, kerak
Xotiringda yordin o‘zga tamanno bo‘lmasa.
25
Yuzi ollida gul, nazzora qildim, xo‘b emas ancha,
Qadi qoshig‘a boqtim, sarvg‘a marg‘ub emas ancha.
Habibim ishqida devona bo‘lg‘anda, pariy dog‘i
Ko‘zumga jilva qildi, borlar mahbub emas ancha.
Bo‘lubmen yorg‘a tolib va lekin hurg‘a zohid,
Muni men istamasmenkim, manga matlub emas ancha.
Iti o‘ltursa ham, ko‘prak sog‘inurmen raqibidin,
Nedinkim, xotirimdin bu pariy maslub emas ancha.
May ichsam behisob, eskarmayin kavsar suyin, yo‘q ayb,
Fano kasbida bu ollimda chun mahsub emas ancha.
Junun ko‘nglumga Majnundin erur g‘olibroq, ey oqil,
Taaqqul aylasang savdog‘a bu mag‘lub emas ancha.
Agar zuhdi riyoiy ahlidin kufr ahlini ko‘proq
Sog‘insam ayb emaskim, bu manga ma’yub emas ancha.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: