Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

7

Aylagay bir damda yuz dayri ko‘han tarkin Masih,  



Ko‘rsa zulmekim qilur ul dilbari tarso manga. 

Ey ko‘ngul, itkilki har devonalig‘kim aylasang,

Ul pariyvash ishqida, oxir kelur g‘avg‘o manga. 

Noumid o‘lsam, vale nav’i ummidim dog‘i bor,  

Barcha ushshoqig‘a rahm etmak ul oy, illo manga. 

Ikki zulfi tobu pechidin buzuldum, negakim  

Xonumon aylar qora har lahza ul savdo manga. 

Soqiyo, ahbob hajri qatlim aylar — boda tut

Kim, bu qotil zahr taryoki erur sahbo manga. 

Dema, ne erkin Navoiyning jilavdor o‘lmag‘i, 

Vah, ne erkim, har nekim hukm etsa ul mirzo manga. 

12

Qachon otsa ul g‘amza novak manga,  

Kelur gar ming o‘lsa yako-yak manga. 

Yaqo chokidin hajr tashrifini  

Ko‘rungkim, yelak bo‘ldi ko‘nglak manga. 

Firoq ichra, jonu ko‘ngul, siz keting

Ki, bo‘lmish zarurat bu emgak manga. 

Ne zulfungni qasdimg‘a dom aylading,

Bas, aning chu bir tori ilmak manga. 

Chu sensiz tirik qolmisham, yaxshiroq  

Bu yanglig‘ tiriklikdin o‘lmak manga. 

Necha bevafolarg‘a ko‘prak vafo  

Qilursen, yetar javr ko‘prak manga. 

Netib o‘lmayin, ey Navoiyki, zulm  

Qilur barcha mirzoyu miyrak manga. 

13

Agarchi yo‘q talabingdin dame qaror manga,  

Irodat emgagidur bu, ne ixtiyor manga. 

Visol davlatin ul kun o‘zumga jazm ettim  

Ki, hajr g‘ussasin etti havola yor manga. 

Chu yor ko‘nglida bo‘lsam, balo manga yovumas,  




Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling