Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin
www.ziyouz.com kutubxonasi
3 Jahon ganjidek anda yuz ming zavoyo. Sen etmay qazo, bo‘lmay ijrosi mumkin, Jahon korgohida o‘tgan qazoyo. Sening kibriyong ostonida yakson, Agar xud salotin va gar xud raoyo. Navoiyni bu jurmu isyonda bilmon Ki, qo‘yg‘ungmudur yo chiqarg‘ungmu, oyo. O‘z ilgida chun hech yo‘q ixtiyori, O‘ziga ani qo‘ymag‘aysen, xudoyo. Gunahbaxshi sen bo‘lg‘ilu jurmpo‘shi, Shafoatgarilik xayrul baroyo. 5 Ey, ko‘ngul ichra mayi vasling uchun kom tamanno, Jong‘a ham furqating o‘ti aro bu xom tamanno. Garchi vaslingni tilab, jonim aro qolmamish orom, Lek topmish bu hazin jon aro orom tamanno. Tunu kun bazmi visoling aro usruklar elidin Meni labtashnai maxmurg‘a ber jom tamanno. Garmro‘larg‘a agar hamqadam o‘lmoqqa hadim yo‘q, Ham alarning so‘ngicha urg‘ali bir gom tamanno. Kimki ul vahmu xayoli aro zotingni kiyurdi, Qilmadi g‘ayri xayolot ila avhom tamanno. Munglug‘ ollingg‘a kelibmen, manga rahm aylaki,bo‘lmas Shohdin buyla gadolarg‘a juz in’om tamanno. Tong emas bodiyai ishqinga kirmakki, qilibmen Bog‘lamoq Ka’bai ko‘yung sari ehrom tamanno. Holim og‘ozini bilmon, karam et rahm qilibkim, Qilmisham xayr ila ko‘ying sari anjom tamanno. Nuru zulmatni Navoiy netar, ul yuz keraku zulf Kim, budur ko‘nglida gar subhu gar shom tamanno.
Zihi, tojinga gavhari kibriyo, Bu gavhardin ofoq topib ziyo.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar www.ziyouz.com kutubxonasi 4 Quyosh chiqqach, andoqki itkay nujum Ko‘runmay, sen o‘lg‘ach ayon, anbiyo. Urujungda aynul yaqin ahlining Ko‘ziga g‘uboring bo‘lib to‘tiyo. Quyoshning shioi xututin Masih, To‘quy olmayin hujranga bo‘ryo. Sening millatingdin chu topib sharaf, Saodat libosi kiyib ashqiyo. Qilib toshu tufrog‘ni oltunki, bor Sening korgohingda bu kimyo. Sanga ummat o‘lmag‘ni istab rusul, Vale biz sarafroz o‘lub holiyo. Kelib sidqing ollida siddiqlar, Aningdekki, siddiqu ahli riyo. Navoiy netar qoba qavsayn, agar Topa olsa qoshnng kebi ikki yo.
Zihi, hiloling o‘lub oy boshig‘a tig‘i balo, Bir olmasiz ikki yorg‘on senu quyosh masalo. Tutub sanga chu mayi lutf soqiyi rahmat, Shafoating urub ikki jahon eliga salo. Risolating damidin shar’i ko‘zgusiga jilo, Siyosating o‘tidin kufr rohibig‘a jalo. Ham ahli ravzag‘a firdavs sensizin chahi vayl, Ham ahli vayl ishi hajring o‘tida vovaylo. Xumor dofii bo‘lg‘aymu soqiyi kavsar, Bu dayr ichinda mayi ishq ichmaganga to‘lo. Tilimda zikringu ko‘nglumdadur xayoling, shukr Ki, bori sensiz emas suhbatim xalou malo. Navoiy o‘ldi, base, xoru past xas yanglig‘, Sening yo‘lungda esa, bas, anga bu izzu alo.
Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling