www.ziyouz.com kutubxonasi
6
Umri g‘aflat uyqusi birla tilarsen kechsa oh,
Ko‘z yumub ochquncha kimning e’timodi bor anga.
Men xud o‘ldum, ey sabo, ko‘nglumni ko‘rsang ko‘yida,
Chiqma andin, deb nasihat qilg‘asen zinhor anga.
Zor ko‘nglum tushkali hajr o‘tidin g‘am changiga,
Ey Navoiy, o‘xshashur ham ud anga, ham tor anga.
10
La’ling ul o‘tki, ko‘ngul mijmar anga,
Yo ko‘ngul durju labing gavhar anga.
G‘amidin ayru emonkim, tutmish
Uns bu xotiri g‘amparvar anga.
Zordur telba ko‘ngulkim, ko‘runur
Har dam ul hur pariy paykar anga.
Qon ko‘nguldin ne ajab turmasakim,
Kirpiking har dam urar nishtar anga.
Hajr o‘tidin tanim ul nav’ kuyar
Kim, erur ostida kul bistar anga.
Hajridin holim erur andoqkim,
Bo‘lmag‘ay ko‘rmagucha bovar anga.
Dahr xush gulshan erur, naylaykim,
Yo‘q vafo gullaridin zevar anga.
Jon olurda g‘ami hajr, ey soqiy,
Choradur boda bila sog‘ar anga.
Yuzi vasfig‘a Navoiy tushmish,
Bargi guldin yasangiz daftar anga.
11
Vah, ne hol o‘lg‘ayki, kelgach ul buti zebo manga,
O‘zga qilg‘ay hol har dam ul qadi ra’no manga.
Ne ajab, o‘lsamki aylab toza ruhin, xalqning
Ruh zoyil aylagay ul husni ruhafzo manga.
Shukr erur, ey ko‘zki, har o‘qkim otar ul qoshi yo,
Yo sangadur, yo bag‘irg‘a, yo ko‘ngulga, yo manga.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |