QOF HARFINING QIYoMATLARINING QIRONI «FAVOYID»DIN
309
Bu nukta so‘rdi fano dayri ichra piri tariq
Ki, betariqqa yetmas hidoyati tavfiq.
Tariqi joddai shar’ erur bu dayr ichra
Ki, anda kimki suluk etti — bo‘ldi ahli tariq.
Yana hidoyati tavfiq ulki, bergay haq,
Ko‘ngulga dag‘dag‘ai azmi kishvari tahqiq.
Yo‘l osru bo‘rtoq erur, tun qorong‘u, dasht uzun,
Ko‘p osru qat’i tariq ahliyu yo‘q anda rafiq.
Kishiga bo‘lmasa hodi, padid emas maqsad,
Hidoyat o‘lmay aning qat’in etmagil tasdiq.
Bu dasht qat’n ajab sa’b erur, tut, ey soqiy,
To‘la qadahkn, g‘amim bahri yanglig‘ o‘lsa amiq.
Kim uyla bahr ichiga shavq zavraqin sursam,
Ham o‘zlukum, ham o‘zum bo‘lg‘ay anda barcha g‘ariq.
Erur bu bahri xarobot ishq jomi mayi,
Tutarg‘a mug‘bachalar bo‘lsa dilpaziru shafiq.
Navoiyo, seni ul bahrning g‘ariqi degan
Magarki mast ko‘rub, buyla ayladi tahqiq.
310
Ey, jamoling sham’ig‘a jon birla ko‘nglum muhtariq,
Gah muxolif aylanib boshing‘a, gohi muttafiq.
Ikki parvonaki, bir sham’ ustiga aylansalar,
Gah muvofiq, gah muxolif, shak yo‘q o‘lmoq muhtariq.
Gar zakoti husn ulashmak istasang, ey ko‘rkaboy,
Bil yaqinkim, ushbu munglug‘dek topilmas mustahiq.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |