Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin
www.ziyouz.com kutubxonasi
161
Sanga osondurur bu hojatim, jono, ravo qilmoq. Tilu xomam jahonni tutti, ammo husnungu ishqim Qalam ham aylay olmas naqshu til dog‘i ado qilmoq Ko‘zu qoshing ko‘ngulning ro‘zg‘orinkim qora qildi, Kerak shukr etmasa zohir, yuzin dog‘i qora qilmoq. Agar mujgonu qoshing hayrati ermas edi gardun, Ne erdi aylamak ohim o‘qu gardunni yo qilmoq. Qilay ming sajdai shukr, ulki umrum sajdada o‘tti, Topa olsam qoshing mehrobida borin qazo qilmoq. Xato qilg‘ach, ibodat tarki ta’na urma, zohidkim, Ubudiyat ishinnng lozimi keldi xato qilmoq. Riyodin ayladi ujbumni afzun xonaqah shayxi, Xaroboti fano pirig‘a avlo iltijo qilmoq. Navoiy ishqi ul oy husni birla tav’omondurlar, Alarni bo‘lmas, ey pand ahli, bir-birdin judo qilmoq.
Bir qatla bo‘lsa erdi ul gul uzor oshiq, Bo‘lg‘aymu erdi muncha ollida xor oshiq. Ishq ichra kuysa erdi bir tun, qilur edi rahm, G‘am shomi oh o‘tidin cheksa sharor oshiq. Xore ayog‘in afgor etmay ne fikri bo‘lg‘ay, Gar qilsa xora birla ko‘nglin figor oshiq. Jonni fido qilsam ta’n etmangizki, bordur Yor ollida o‘larga beixtiyor oshiq. Sham’i jamolin ochqoch, o‘rtanmakim ne tongkim, Kuymak aro keraktur parvonavor oshiq. Ishq ichra e’tiboring gar yo‘q, bu mu’tabardur, Bo‘lsa kerak fanodin bee’tibor oshiq. Oshiq esang, Navoiy, ko‘p za’fdin toriqma, Ne bo‘lg‘usidur o‘lmay zoru nazor oshiq.
Ashkdin jismim binosin qo‘ymadi obod ishq, Ohdin berdi vujudim tufrog‘in barbod ishq.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar www.ziyouz.com kutubxonasi 162
Hajr aro g‘urbat yana bemorlig‘ birla junun, Qildi jonim qismati bu nav’ yuz bedod ishq. Shu’lasidin tushti o‘t olamda ul yuz hajrida, Har qachon ko‘nglumni qildi o‘rtamak bunyod ishq. Hajru dardu sabrsizlig‘ keldilar qotil bari, Lek bu fan ichra bordur barchag‘a ustod ishq. Yuz fasonam bor ani ko‘rgan zamon arz etgali, Jilva qilg‘ach, voykim, bermas birin ham yod ishq. Qatlini ishq ahli topmas jon berib, to ayladi G‘amza tig‘i birla mahvashlar ko‘zin jallod ishq. Sendin o‘rgangan kebi Layliyu Shirin zulmu kin, Mendin o‘rganmak kerak Majnun bilan Farhod ishq. Vasl tahsili uchun, ey shayx, taqvo qilma amr Kim, fano oyinin aylabtur manga irshod ishq. Ey Navoiy, ofiyat ko‘yida sen bo‘l shodu xush, Kim meni dardu balog‘a aylamish mu’tod ishq. 317 To meni mehnat tuniga mubtalo qildi firoq, Ro‘zgorimni savodidin qoro qildi firoq. Qon yoshim oqmog‘lig‘ erdi, dard ila g‘am hojati, Hojatin o‘z qavmu xaylining ravo qildi firoq. Oqibat to naylagay nozuk ko‘ngulga dardni, Ko‘p suubat birla holo ibtido qildi firoq. Jonu ko‘nglum har biri yig‘larlar o‘z ahvolig‘a, Go‘yiyo ko‘ksum uyin motamsaro qildi firoq. Vasliga shukr etmagan bo‘lsam, mahalli ta’n emas. Chun yuz onchakim kerak erdi sazo, qildi firoq. Davr ko‘rkim, ulki ichti bir qadah no‘shi visol, So‘ngi qatla zahr ila jomin to‘lo qildi firoq. Har dam onsiz yuz o‘lum erdi Navoiy jonig‘a, Bir o‘lum birla bu dardig‘a davo qildi firoq.
Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling