www.ziyouz.com kutubxonasi
159
Daf’a-daf’a dudi ohim hadsiz uchqun birla ko‘r,
G‘am tunidek bir-bir uzra charxu anjum muntabiq.
Chunki sensen ruhi poku men nachukkim tiyra xok,
Suhbatimdin topsa tab’ing tiyralik, sensen muhiq.
Har nekim kelsa qazodin, shokir o‘lmoq shart erur,
Sudi yo‘q juz g‘ussa, kimsa har necha bo‘lsa mudiq.
Chun Navoiy riqqat aylab, nazm etar sharhi firoq,
Furqat ahlig‘a tong ermas bo‘lsa ash’ori muriq.
311
Choqin o‘ti qila olmas g‘amim tunini yoruq,
Sahob yetkura olmas tugonlarimg‘a momuq.
Chu bordi xastamen onsiz, har oyinaki kishi
Ki, jondin o‘lsa yiroqroq, bo‘lur o‘lumga yovuq.
Yuzung nazzorasidin ko‘zki qoldi, yoptingkim,
Emas mutolaasiz rasm mushaf o‘lmoq ochuq.
Manga siyosati hajr ichra bir sharar basdur
Ki, mo‘r o‘rtagali ermas ehtiyoj tomuq.
Xayolidur mutazarrar ko‘ngulda ohimdin
Qi, yo‘q tahammuli xoh issig‘ o‘lsa, xoh sovuq.
Base yorug‘lug‘ umid o‘ldi uyla ravzanadin,
Tobonki dashti fano po‘yasidin o‘lsa yoruq.
Qul o‘ldi manglayida dog‘ ko‘p ko‘rub ehson,
Vafosi bazmida baskim Navoiy etti tobuq.
312
Ey aql, qilmag‘il ko‘p tavsanlig‘u harunluq
Kim, ishq bizga soldi ojizlig‘u zabunluq.
Men yo‘qki, charxi a’zam to bir quyosh mehrin,
Ishq ichra qilg‘ali fosh, o‘ldi anga nigunluq.
Kim hajr zulmatida itsa ne tongki qilg‘ay,
Aynul hayot vaslin ham Xizr rahnamunluq.
To ishq shiddatida tavshalmas odamizod,
Noodamiyliq andin ketmas yiroqu dunluq.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |