Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar www.ziyouz.com
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin
318
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar www.ziyouz.com kutubxonasi 163
Ey, kalomi jon fizoying naqdi jondin yaxshiroq, La’li jonbaxshing hayoti jovidondin yaxshiroq. Garchi hajringdin yomon holatda men, lekin manga Kimki andin yaxshiroq yo‘q, sensen andin yaxshiroq. Xalq tarki ishqing aylarga biravni qatl uchun, Gar tilarsen, topmag‘ung men notavondin yaxshiroq. Ishq sahrosida yod etma vatandin, ey xirad Kim, bu nav’ ovoralig‘ yuz xonumondin yaxshiroq. Istasang, ey ishq, Majnun o‘rnig‘a sargashtae, Bilki, topqung yo‘q bu rasvoi jahondin yaxshiroq. Dayr aro yaxshi-yomon ollida bosh qo‘ysam, ne tong, Kimki yo‘q andin yomonroq, men yomondin yaxshiroq. Ey Navoiy, xurdai nazmingg‘a isloh istasang, Kimsa qilmas ani shohi xurdadondin yaxshiroq. 319 Ul pariyvash muddaig‘a mehribondur, bizga yo‘q, Filmasal ollida aning itga sondur, bizga yo‘q. Ko‘yida itlarga maskandur valek qavlar meni, Vahki, hamdamlarga anda xonumondur, bizga yo‘q. Elni har dam o‘lturur, bizni bu g‘am o‘lturdikim, Lutfi aning o‘zgalarga har zamondur, bizga yo‘q. Tong emas gar oh xoki tanni barbod aylasa, Gardg‘a chun ostonida makondur, bizga yo‘q. Itlari mehmon bo‘lurg‘a yo‘q hadim, ne nav’ dey Kim, ul oy mahsuslarg‘a mehribondur, bizga yo‘q. Hay deguncha chun o‘tar ham ayshu ham g‘am, bas nedur, Gar falakdin elga ayshi begarondur, bizga yo‘q. Qismat ar dilxoh ila ermas, Navoiy, shukrkim, Elga bu ish mujibi ohu fig‘ondur, bizga yo‘q.
Birov jismig‘a otsa ul siymtan o‘q, Mening jonima sanchilur yuz tuman o‘q. Budur turfakim, buyla holimni anglab, Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar www.ziyouz.com kutubxonasi 164
Manga otmas ul sho‘xi novakfikan o‘q. Boshoqdin yog‘ar obi hayvon ulusqa, Chu yog‘dursa ul qotili safshikan o‘q. Ko‘p o‘q otmakim, gul yuzung furqatida Erur xasta ko‘nglumga har bir tikan o‘q. Qoshingdin tushub men yiroq, yodin o‘qdek, Manga za’fdin bo‘ldi go‘yo badan o‘q. Qadah qalqonin istakim, charx o‘qidin, Base yog‘durur charxi bedodfan o‘q. Navoiyu gulshanki bir guldin ayru, Manga basdurur kunji baytul-hazan-o‘q.
Seningdek pariy xayli odamda yo‘q, Demay xayli odamki, olamda yo‘q. Parishon chu zulfung xamin qildi yel, Parishon ko‘ngul yo‘qki, har xamda yo‘q. Bu lazzatki, zaxmingda topti ko‘ngul, Yaqin bildikim, hech marhamda yo‘q. Daming xijlatidin nachuk qochmasun, Bu dam chunki Isoi Maryamda yo‘q. Ko‘zung qatlidin dahr eli qolmadi, Agar qoldi, bu yo‘qki, motamda yo‘q. G‘amingdnn manga ancha ayshu tarab Ki, yuz xotiri shodu xurramda yo‘q. Mug‘anniy, Navoiy fig‘onin eshit Ki, sozing aro zer ila bamda yo‘q.
Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling