www.ziyouz.com kutubxonasi
167
326
Har dam istar telba ko‘nglum ishq kitmon aylamak,
Barqi lomi’ni qorong‘u uyda pinhon aylamak.
Qaysi qushkim bu tamanno zohir etsa, istagay
Xas uyin otashgah o‘ti birla vayron aylamak.
Sham’ o‘ti fonus aro yoshunmog‘i mumkin emas,
Hulla ichra barq o‘tin pinhon ne imkon aylamak.
Ishq chun muhlikdurur xohi nihon, xoh oshkor,
O‘lgucha dam urmayin avlodur afg‘on aylamak.
Mehr aksi go‘yiyo daryog‘a tushkandindurur,
Kaf sochib ahli junundek sho‘ru tug‘yon aylamak.
Nuh davrinda magarkim oshiq erdi ro‘zgor,
Yo‘qsa ashki saylidin ne erdi to‘fon aylamak.
Ishqi o‘ti gar tushmamish dayri fanog‘a, bas nedur,
Kup ichin qon aylab, andin el ichin qon aylamak.
Ishq bas dushvor erur, bilgil g‘animat, bersa dast.
Buyla mushkul ishni o‘lmak birla oson aylamak.
Ey Navoiy, boshinga keldi junundin yuz balo,
Ul pariyvashqa ne erdi ko‘zni hayron aylamak.
327
Ko‘zungnung ollida nargis kelib qatiq ko‘zluk,
Yuzung qoshida guli otashin sovuq yuzluk.
Achiq-chuchukka labingning muteimenkim, ul
Agarchi yig‘latur achchiq, erur chuchuk so‘zluk.
Kungulga zulfi kebi egrilik qilur ul sho‘x,
Ne bo‘ldi qilsa edi qomati kebi tuzluk.
Raqibdin ul oy afsun bila fan o‘rganmish,
Pariyg‘a dev ne ta’lim qildi ko‘r buzluk.
Kerak libosi malohatda mahvash el dilkash,
Gar egni hullalig‘ o‘lsun, vagar tani bo‘zluk.
Biravki, dayri fano ichra cheksa bodai ishq,
O‘zidin ulki burun mahv o‘lur, erur o‘zluk.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |