Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

170


Uyla  foniy bo‘lki, domangiring imkon bo‘lmag‘ay  

Kim, etak mavjud agar yo‘qtur, neni tutqay inlik? 

Ey  Navoiy, chun pariyvashlarga mumkin yo‘q vafo,

Qilma mundin nari gar bor esa aqling telbalik. 



332

Mayda bo‘lsa  manga ul la’li shakarxand gazak,  

Zahr bo‘lsun, tilar o‘lsam shakkaru qand gazak. 

Dayr piri keragu mug‘bachai bodafurush

Ki, ato quysa qadah og‘zima, farzand gazak. 

Iki  la’lingg‘a  ajab  holat  erurkim,  yo‘qtur  

Ne aning o‘xshashi may, ne munga monand gazak. 

Rangi la’li bo‘lur ikki labinga yetsa nabot,  

Tashla andin bu sari bir-iki parkand gazak. 

Yopishur la’linga chun yetsa gazak, vah, ne ajab, 

So‘rsam anikim, erur jonima payvand gazak. 

Davrkim, bodasiningdur gazagi zahr olud,  

Oqil andin tilamas boda, xiradmand gazak. 

Ey Navoiy, may agar zahrdurur, ichsa bo‘lur,  

Kimsaga gar bo‘lur ul la’li shakarxand gazak. 

333

Ne osig‘ ohim o‘ti ravshan zuloling kunidek,  

Tiyra dudi chun meni o‘lturdi hijring tunidek. 

Garchi bo‘lsa har sharar do‘zax o‘tidin shu’lae,  

Mumkin ermas ko‘nglum otashgohining uchqunidek. 

Eyki, zarhal qilmoq istarsen samandi na’lini,  

Topmog‘ungdur anda surtarga yuzum oltunidek. 

Xo‘blar lutf aylab, ul qatlimg‘a garchi hukm etar,

Hech un kelmas qulog‘img‘a ul oyning unidek. 

Vah, ne bo‘lg‘ay yetsa yuzu xattinga giryon ko‘zum,

Ashkim o‘lsa ul gulu bu sabzaning shudrunidek. 

Bil vafo rasmin g‘animat, ey gul, andin burnakim,  

Day sipohi yetkay ohu ko‘z yoshim chopqunidek. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

171


Vasli ko‘yidin Navoiy ko‘ngli ozdi, ey rafiq,

Ko‘rmaduk hargiz ul ahli ishqning ozg‘unidek. 



334

Dayr aro mug‘bachadin sog‘ari mastona kerak,  

Nechakim tutsa ani to‘ldurubon, yona kerak. 

Menki bir sog‘ar ichib, charxnn barham ursam,  

Bu ko‘han dayri fanocha manga mayxona kerak. 

Yetti daryo suyi may bo‘lsa bu mayxona aro,

Loaqal xud birisi sig‘qucha paymona kerak. 

Dayr piri bu xarobotnipg ayvoninda 

Aqli kulga saboq o‘rgatgucha farzona kerak. 

Davrida mug‘bachalar har biri jon olmoqda,  

Yuz Masihog‘a sitam qilg‘uncha jonona kerak. 

Buyla bazm ichra alar har birikim tutsa qadah,  

Naqdi din bergali bir men kebi devona kerak. 

Kim Navoiy kebi bu dayr aro tutsa vatan,  

Hushu zuhdu xiradu din ila begona kerak. 

335

Xarob qilmadi oncha menin mayi gulrang 

Ki, qildi orazi gulrang birla soqiyi shang. 

Ne soqiy ulki, aning ishvasig‘a boqsa, bo‘lur  

Havos lolu, xirad masxu ruhi notiqa dang. 

Halok neshi aning g‘amzasiga yo‘q hamto,  

Hayot javhari la’li labig‘a yo‘q hamnang. 

Qiyo-qiyo boqishi yetkurub bag‘rig‘a qilich,

Qora-qora mujasi yetkurub ko‘ngulga xadang. 

Savodi a’zami kufr ila zulchi zunnorin 

Ki, topilib shikanu halqasida chinu farang. 

Bu nav’ mug‘bacha may tutsa dayr aro kishiga

Kishi emas, gar anga qolsa donishu farhang. 

Navoiy o‘ldi chu bu soqiy ilgidin sarxush,  

Ne ayb, dayrg‘a masjiddin aylasa ohang. 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling