Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar  www.ziyouz.com


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

354


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

181


Yana ishq o‘tin xasta jonimg‘a urdung,  

Balo barqini xonumonimg‘a urdung. 

Fano shu’lasin zor ko‘nglumga solding,  

Sharorin tani notavonimg‘a urdung. 

Qizil hoshiya diklayingda emaskim,  

Etak qatl etar chog‘da qonimg‘a urdung. 

Fatila edi anda paykoni marham,

Qayu o‘qki, zaxmi nihonimg‘a urdung. 

Yana yonima yetti filhol rohat,

Agar tig‘i bedod yonimg‘a urdung. 

Ushalsun debon naxli ummidim, ey ashk,  

Ajab jolalar bo‘stonimg‘a urdung. 

Ko‘rub boshta zaxmim dedi, ey Navoiy,  

Magar g‘am tuni ostonimg‘a urdung. 



355

Jon olurda jism zor erkanni bilmasmu eding!  

Qon to‘karda jon figor erkanni bilmasmu eding! 

Nola jurmi birlakim, jonimni olding, nolishim

Sensizin beixtiyor erkanin bilmasmu ednng! 

Qilding el mehrin sanad qatlimga, yo‘qsa jon aro,

Sirri ishqing ustivor erkanni bilmasmu eding! 

Tuhmati bemehrlig‘ qildingki, bilgach o‘lgamen,  

Yo‘qsa, mehring jong‘a yor erkanin bilmasmu eding! 

Vaslinga yetkurmagan zulm erdi, vah, yo‘qsa ko‘ngul  

Furqatingdin beqaror erkanni bilmasmu eding! 

Oshiq o‘ldung, ey ko‘ngul, qilma fig‘on bedodidin,  

Ishq aro yuz muncha bor erkanni bilmasmu eding! 

Ey Navoiy, gar ko‘ngul ishqingni yoydi, tong emas,  

Nuktasi devonavor erkanni bilmasmu eding! 

356

Nigor  erkin bukim, barmog‘laringdin oshkor etting,  

Vayo oq kilklarni zeb uchun naqshu nigor etting. 

Yuzungda xol g‘avg‘osi aro gulguna zebidin,  




Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling