Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

176


344

Gar  jafo qil,  gar  vafokim, dilistonim sen mening,

Gar meni o‘ltur vagar tirguzki, jonim sen mening. 

Xohi ra’no qad bila borgil yonimdin jilvagar,

Xohi kel qoshimgakim, sarvi ravonim sen mening 

Ko‘nglum ichra sensenu ishqing ne dey holim senga

Chun bu yanglig‘ mahrami rozi  nihonim sen mening. 

Jilva aylab har zamon, afg‘onu ohim qilma ayb,  

Ham sen-o‘q chun boisi ohu fig‘onim sen mening. 

La’lidin bir-ikki so‘z mazkur qil, ey xasta jon,

Bori bu bir-ikki damkim, mehmonim sen mening. 

Telbalardin garchi rad qilding meni, lek anglag‘il  

Kim, pariy ruxsoralardin tanlag‘onim sen mening. 

O‘ldi mehringdin Navoiy, bevafo debsen ani,  

Ertagi nozuk mizoji badgumonim sen mennng. 

345

Bog‘ ichra chu garm bo‘ldi bozoring,  

Yuz vajh ila bo‘ldi gul xaridoring. 

Yo gul chu xayol qildi yig‘ingni,  

G‘ayratdin anga o‘t urdi ruxsoring. 

Qadding bila sarv qilsa sarkashlik,

Tushkan quyi boshi, ko‘rsa raftoring. 

Zulfungkim, erur tugun-tugun go‘yo,  

El bo‘ldi birin-birin giriftoring. 

Nargis kebi sarg‘arib aso tutqan,

Ko‘ptur qora ko‘zlar ichra bemoring. 

Qil boru yo‘qung fidosi, ey ko‘nglum,  

Garchi teng erur anga yo‘qingu boring. 

Deding: seni o‘lturay — xud o‘lturdi,

Yo‘q biymi halok, lutfi guftoring. 

Ey mug‘bacha, kufr tarki jurmumg‘a

Bo‘ynumg‘a taqarga yaxshi zunnoring. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling