Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

185


Topqay ar topilmag‘ay hijrondin osori aning. 

Ne humoyun yerdur, ey solik xaroboti fano, 

Kim baqo vajhin ko‘rar, jon ichra xammori aning. 

Kim vafolig‘ yor ko‘rdi, xurram o‘lsun oshiqi,  

Kim vafo qilg‘ay jafogarlikda bir yori aning. 

Sihhat o‘lg‘aymu Navoiyg‘aki, yuz dilxastani,

Kechalar uyqug‘a qo‘ymas nolai zori aning. 

362

Do‘stlar, gar do‘st qatlim istar o‘lsa, o‘lturung,

Siz agar rahm etsangiz, dushmanlarimg‘a topshurung. 

Istasa yuz hajr o‘ti jonimg‘a yetmak, ishqida  

Budurur  komim debon, arzig‘a aning yetkurung. 

Gulshani umrumni vayron istasa, ey dardu ishq,  

Anda har komu farog‘at naxli bo‘lsa, sindurung. 

Kelmasa qasri hayotim ko‘ngluga xush, yonchibon,  

Zulm toshin yog‘durub, gardung‘a gardin sovurung. 

Bu jafolardin kechib ko‘ngli vafog‘a qilsa, mayl,

Zinhor ul mujdani jonim borinda kelturung. 

Kimsaga bermang ko‘ngul, gar bersangiz, ey  ahli  ishq, 

G‘ayri gar xud jon erur, tan mulkidin anii surung. 

Chun Navoiy ayladi ishqu fano dashtig‘a azm,  

Qaytib, ey dardu balo, tengriga ani topshurung. 

363

Qat’ qilg‘uncha riyo dashti aro yuz ming olong,  

Tashlab o‘zlukni, qadam dayri fano jonibi mong. 

Ishq sargashtasi sayrig‘a ne hojat markab,

Po‘ya qilmasmu quyunning ayog‘i bo‘lsa yalong. 

Kulli maqsudg‘a ul yetti bu yo‘l sayrinda

Kim, tobonig‘a tikan bo‘ldi yana bir ultong. 

Xonaqah shayxidin el sirri fano anglamadi,  

Dayr niri ani xub anglatur elga, anglang. 

Ko‘p sovug‘luq kerak o‘lmoqqa ko‘ngul mahzi riyo,  

Bahr muz bog‘lamag‘ay, bu yuzini tutmasa song. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

186


Chunki  novmid emas rahmatidin gabru juhud,  

Jurmu isyon bila bizga bu umid o‘lsa, ne tong. 

Chiq, Navoiy, qariding, hurmat ila maykadadin,  

Sudraturlar, kishi chiqmaslig‘ etib bo‘lsa qoshong. 




Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling