Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


LOM  HARFINING LU’BATLARINING LATOYIFI «FAVOYID»DIN


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

LOM  HARFINING LU’BATLARINING LATOYIFI «FAVOYID»DIN 

364

Ishqini tark et deding, xurshidi raxshondurmu ul,  

Husnidin, dersenki to‘yg‘il, mohi Kan’ondurmu ul? 

Yuz quyoshida berur jon elga la’li, ey Xizr,

Istama zulmati zulfin, obi hayvondurmu ul? 

Onsiz ermasmen zamone, lek ul paydo emas,  

Vahki, bilmon yo ko‘ngul, yo jonda pinhondurmu ul? 

Ko‘zlari qatl  aylar islom ahlin, ey g‘ofil ko‘ngul,  

Rahmkim andin tama’ qilding, musulmondurmu ul? 

Bahri ashkim ichra, ey g‘avvoskim, yig‘ding guhar,  

Buki qa’rin istading, daryoyi Ummondurmu ul? 

Tutti bir tog‘ go‘shasin Farhod, ani mendek demang,

Hajr dashtida aloxonu alomondurmu ul? 

Vahshu tayr o‘lmish ramida mendinu Majnung‘a rom,  

Men kebi devonani rasvoi nodondurmu ul? 

Ko‘ngluma onsiz bir o‘tdurkim, yomon o‘rtar  meni,  

Anglamon, do‘zax o‘ti yo so‘zi hijrondurmu ul? 

Charx ko‘nglum gulshanida ochti muhlik g‘uncha ko‘p,  

G‘unchadurmu,  yo‘qsa,  zahrolud paykondurmu ul? 

Dahr bazmida, damo-dam soqiyi davron tutar,  

Boda, bilmon, la’lgun maydurmu yo qondurmu ul? 

Ey Navoiy, dardlig‘ nolang qilur elnn halok,  

Aytqil, suri qiyomat, yo‘qsa afg‘ondurmu ul? 

365

Yor qutlug‘ yuzidin qoldi chu mahrum ko‘ngul,  

To nelar boshima kelturgusidur shum ko‘ngul. 

Yor bordi, ko‘ngul andin burun itti go‘yo,




Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling