www.ziyouz.com kutubxonasi
182
Ko‘zung jayronlari o‘ynarg‘a go‘yo lolazor etting.
Shah o‘ldung, ey mahi mahmilnishin, shahring sening urdu,
Bu ma’nidin saropardangni tegrangda hisor etting.
Magar qonlig‘ ko‘ngulning qushlaridur yondoshib uchqan,
To‘nungda tugmakim, yoquti ahmardin qator etting.
Ko‘ngullarning qorarg‘an ro‘zgori chun soching erdi,
Tarab ani, ko‘ngullarni parishonro‘zgor etting.
Yungin yulg‘an kabutardek bari ajzosi ko‘nglumning
Tushuklardur, magar ignang bila ani figor etting.
Magar gulrang maydin erdi yo gulgunadin bukim,
Yuzungni gulgul aylab, ko‘nglum ichra xor-hor etting.
Netib ko‘ngli qushi chiqqay Navoiyning sochingdinkim,
Chu sen ul to‘rga bo‘ynin, ayog‘in ustuvor etting.
357
Dudi ohimning quyuidek pech ila tobin ko‘rung,
Tiyra hajrim oqshomining bahri girdobin ko‘rung.
Qushkim ul oydin keturmish noma, har tirnog‘idin,
Choklar bo‘lgan ko‘ngul elturga qullobin ko‘rung.
Hinduni sohirdurur davri zanaxdonida xol,
Tavqi g‘abg‘ab shaklidin bir aksi mehrobin ko‘rung.
Ishq o‘ti tug‘yonndin jonimki, bo‘lmish tashnalab,
Daf’ig‘a ul oyning ikki la’li serobin ko‘rung.
Olmag‘an bo‘lsa chuchuk jonim labi birla ko‘zi,
Ham shakarxandig‘a boqing, ham shakarxobin ko‘rung,
Soliki mahrumkim, matlubidin to‘lmish jahon,
Olloh-olloh, jonin o‘rtar dardi noyobin ko‘rung.
Yor ko‘yin istab, o‘zlukdin Navoiy bo‘ldi fard,
Ka’ba ehromig‘a isti’dodu asbobin ko‘rung.
358
Bo‘ldi qotil ko‘z bila zulfi siyahkori aning,
Kofiri masteki, bir yon tushti zunnori aning.
Istasang Layliyu Majnun husnu ishqidin misol,
Men nazirimen munung, yorim namudori aning.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |