Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin
www.ziyouz.com kutubxonasi
179
Bevafolig‘ rasmini nomehribonlardin so‘rung. Bizni davron mehnati ham ojiz etmish, ham qari, Husn ila quvvatni ra’no navjuvonlardin so‘rung. Bedil el diljo‘yluq yo dilshikanlik rasmini Fahm qilmaslar, bu ishni dilsitonlardin so‘rung. Nek nom el ishq aro badnomlig‘lar shevasin Yaxshi bnlmaslar, ani bizdek yomonlardin so‘rung. Fardliq zavqini so‘rmang shavkatu joh ahlidin, Ul suubat lazzatin bexonumonlardin so‘rung. Ajz tufrog‘ida ishq ahlig‘a o‘lgan hukmi bor, Qatl hukmi aylamakni qahramonlardin so‘rung. Bilmadi maqsudi ganjining nishonin ahli rasm, Gar so‘rarsiz, ani benomu nishonlardin so‘rung. Chun Navoiy ishq sahrosida itti, do‘stlar, Ani ul yondin yetishgan korvonlardin so‘rung.
Do‘stlar, gulshan aro sarvi ravonimni tilang, Topibon keltursangiz, muzdig‘a jonimni tilang. Buki bedillig‘din o‘lgumdir, ilojimni tilab, Chunki topmaysiz, boshimg‘a dilsitonnmni tilang. Bo‘lgucha nomehribonim furqatida mehribon, Mehribonlig‘ aylabon nomehribonimni tilang. Ne tilarsiz telbarab itkan ko‘ngulni bog‘ aro, Qo‘yida devonai bexonumonimni tilang. Qatlim istar dushmanim hijronidur, gar bilsangiz O‘lganimni hajridin, zinhor qonimni tilang. Og‘zi hajridin agar bo‘lsam adam, ziphorkim, Benishonlig‘ kishvari sari nishonimnn tilang. Ey xarobot ahli, yetmaydur qadahdin nash’ae, Ul xarobotiy harifi nuktadonimni tilang. Sovusa Farhodu Majnun qissasidin ko‘nglunguz, Bas, mening ishq ichra o‘tluq dostonimni tinlang.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar www.ziyouz.com kutubxonasi 180
Chun Navoiy o‘ldi g‘amdin, ey sitamgarlar, ne sud, Joni zorim yo‘qsa, jismi notavonimni tilang. 352 Qilmadi vasl ichra bedod uzra bedoding sening, Ulcha qildi furqatingda dam-badam yoding sennng. Qaysi sohirkim dedikim, Somiriy shogirdimen, Dedi g‘amzangkim, erur shogirdim ustoding sening, Angla Shirinikim, ne sen ma’shuqluqda oncha sen, Ne bor erdi mencha oshiqlikda Farhoding sening. Soya ermas, bog‘bonkim, gulruxum qaddin ko‘rub, Ozibon hushi, yiqilmish sarvi ozoding sening. Uyqug‘a itlar uni gar moni’ erdi, ey ko‘ngul, Emdi qo‘ymas uyqug‘a itlarni faryoding sening. Chun fano matlub erur solikka bil, ey shayxkim, Kufr erur zuhdi riyoyi ichra irshoding sening. Ey Navoiy, mehnatu g‘amdin qochar bo‘lsang, kerak Bo‘lsa maylig‘ tang, su qursi gazak zoding sening.
Shomi hajrim ko‘rdung, ammo zulm tarkin tutmading, Va’dai sham’i visol etting, vale yorutmading. Va’dai vasling ilig bergay deb ashkim bo‘ldi bahr, Chunkim ul daryo aro g‘arq o‘ldum — ilgim tutmading. Vasl no‘shidin ko‘ngulni qilmading bir lahza xush, Hajr zahri biymidin yuz qatla to qo‘rqutmading. Otashin gul g‘unchasidek o‘rtading ko‘nglumni, lek Ochibon ani nasimi vasldin, sovutmading. Donai ashkimgakim rom o‘ldi hijron qushlari, Ey ko‘ngul, bir kun fig‘oningdin ani urkutmading. Xasta ko‘nglumkim, g‘amu xunoba qilding qismati, Bu g‘izoyu sharbat ul bemordin o‘ksutmading. Vodai vaslin g‘animat tut, Navoiy, zinhor Kim, ne qonlarkim, bu gulgun suni istab, yutmading.
Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling