Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar  www.ziyouz.com


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

348


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

178


Xastadur jonim mening, to bordi jononim mening,  

Bo‘lmasun gar borsa jononim mening, jonim mening. 

Gul to‘kulmish sug‘a, bormish sarv o‘zidin go‘yiyo,  

Chehra ochmish bog‘ aro sarvi xiromonim mening. 

Daf’a-daf’a qon aro jismimdadur bir-bir tugan,  

Lolaedur go‘yiyo har dog‘ ila qonim meniig. 

Tilga olmish telba ko‘nglumni yana xayli raqib,  

Qolmish itlar og‘zida majnuni uryonim mening. 

Men ang‘a hayronu el ming zaxm ursa bexabar,  

Bexabar zaxm urg‘uchilar dog‘i hayronim  mening. 

Xalqdin pinhon meni mast ayla shoyad, ey rafiq,  

Sokin o‘lg‘ay shammai bu dardi pinhonim mening. 

Ey Navoiy, bo‘lmasa bir piri komil himmati,  

Ul yigit bedodidin yo‘q maxlas imkonim mening. 



349

Eyki, husn ahlig‘a  nozu sheva ta’lim aylading,

Ishvayu noz aylabon bir-birga tafhim aylading. 

Har kishi ilgiga sendin bir diramdek dog‘i bor  

Husni mulki sochiqin go‘yoki taqsim aylading. 

Bizni ta’xir etting, aylarda vafo ushshoqinga  

Lek javr og‘oz qilg‘an chog‘da taqdim aylading. 

Chun yetishtim ollingg‘a, qo‘ptung vale o‘lturgali,

Ey fido jonim sangakim, yaxshi ta’zim aylading. 

Hajr zahrig‘a meni taxsis etpb ahbob aro,  

Vasl no‘shin ul jamoat ichra ta’mim aylading. 

Xonaqah shayxiyu yuz ming qayd tinding, ey ko‘ngul,  

O‘zni chun dayri fano pirig‘a taslim aylading. 

Ey  Navoiy, yo‘q haram ehromida emdi qusur,  

Kim,  ko‘ngulga g‘ayrning yodini tahrim  aylading 

350

Ishq sirrin hajr asiri notavonlardin so‘rung,  

Aysh ila ishrat tariqin komronlardin so‘rung. 

Bizga juz mehru vafo oyini bo‘lmaydur nasib,  




Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling