Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin
www.ziyouz.com kutubxonasi
174
Ko‘zungni ko‘ngluma andoqki mizbon qilding, Yuzungni ko‘zuma ham, kosh, mehmon qilsang. Bu bog‘ gullari bargida topmas, ey bulbul, Dimog‘i mehr isi, yuz qatla imtihon qilsang. Navoiy, aylagasen vasl kishvarini vatan, Fano yo‘lig‘a kirib, tarki xonumon qilsang. 340 Qora-qora muja xanjarlarin ititmak ishing, Hayot naxlini keskan qiyo-qiyo boqishing. Ishing bu erdiki, jonimni olg‘asen, tanni Ki, sudraturmen eshiktin magar tugondi ishing. Zuloli Xizr labing ul zulol qatralari Ki, jola bo‘ldi uzoring bahori ichra tishing. Ne g‘unchasen ko‘ngul oxirki yelu su yeriga, Bo‘lubtur ohu bag‘ir qoni birla parvarishing. Ko‘zumga qo‘ydn qadam, vah, o‘tar xayol aylab, Olay desa ayog‘, ey ko‘z qoralari, yoshing. Erur chu dahr buzug‘ gulxan, ushbu avlokim, Buzug‘da kechsa yozing, gulxan ichra o‘tsa qishing. Navoiy, istama eldin junun ilojinkim, Bu telbalik aro yo‘q ul pariydin o‘zga kishing.
Ishva aylab elga, ohimdin tavahhum qilmading, Tishlabon la’lingni, jonimg‘a tarahhum qilmading. La’ling ichra durlaring shavqida sarg‘ardi yuzum, Ohkim, bu za’faron birla tabassum qilmading. Orzu qildim hadising — aylading qatlimg‘a hukm, Ul dog‘i erdi ishoratkim, takallum qilmading. Elga jon bermak sanga dushvor kelsa, tong emas, Senki to jon olmading eldin, tana’um qilmading. Ey ko‘ngul, andinki avval dud erur, andin so‘ng o‘t, Ishq aro Farhodu Majnung‘a taqaddum qilmading. Ey qazo hukmig‘a ojiz, bu sifat mahkum o‘lub, Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar www.ziyouz.com kutubxonasi 175
Farq atvorida hech ish juz tahakkum qilmading. Tushkali ul guldin, ey bulbul, Navoiydek yiroq, G‘ayri dilkash lahnu jonparvar tarannum qilmading.
Bu ne husnu noz erurkim, intihosi yo‘q aning, Bir nafas yo‘qkim, ko‘ngulda yuz balosi yo‘q aning. Xoli hijronida tim-tim yerga tomgan qon yoshim, Har biri bir lolasdurkim, qorosi yo‘q aning. Ko‘nglum andoq to‘ldi qon birlaki, chiqmas nolasi, Boda to‘lg‘an jom yanglig‘kim, sadosi yo‘q aning. Zohir etti xasta ko‘nglum yorasi og‘zida qon, Kim bag‘ir xunobidin ayru g‘izosi yo‘q aning. Qullug‘ung dog‘in qo‘yub, ko‘nglumni g‘amdin sotqun ol Kim, bu naqdi qalbdin ortuq bahosi yo‘q aning. Ganji ishratdur arusi dahr vasli, ohkim, Anbarin zulfidin o‘zga ajdahosi yo‘q aning. Hajr o‘qi zaxmin Navoiy bog‘lamish boshtin ayoq, Yo‘q esa jismin yopar chog‘liq lnbosi yo‘q aning.
Toza dog‘ atrofida jismimda tim-tim qon ko‘rung, Dardu g‘am tog‘ida, vah-vah, lolai nu’mon ko‘rung. Nafy kilg‘anlar qurug‘ jismim haloku za’fini, Tang‘a ko‘nglumdin tiralgan har taraf paykon ko‘rung. Xalq yig‘lab tufrog‘im boshida yuz hasrat bila, O‘qlarni har yen tanym omochida xandon ko‘rung. G‘am tuni yummas ko‘zum davrinda kirpik xaylini Saf chekib, ko‘zning qorargan holig‘a hayron ko‘rung. Ishqin etkanlar havas, iynak bu tuhmatdin meni, Bog‘lanib bo‘ynum fano bozorida, uryon ko‘rung. Charx bahri naqdini qnlgan tamanno zarralar, Mehr g‘avvosin bu igrim ichra sargardon ko‘rung. O‘qlaridindur Navoiy jismi mehnat gulbuni, Gullar nynak toza qonlig‘ dog‘idin har yon ko‘rung.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling