Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar  www.ziyouz.com


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

336


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

172


Boshig‘a chunki alif keskay ul buti bebok,  

Emas mahalln taajjub, gar o‘lsa bo‘rkida chok. 

Gahiki mast egarur bodpo xirad xayli,  

Borur havog‘a, quyun yetkach, uylakim, xoshok. 

Nekim boshimda edi, qo‘ydum istabon qatlin

Ki, ossa shahsuvorim uzilmagay fitrok. 

Qoshi  firoqida  bahri  sirishkim andoqdur,  

Ki, yangi oy kemasin chayqatur, urub ko‘lok. 

Tutub piyola farahnok qilg‘il, ey soqiy,

Meniki hajr xumori qilibturur g‘amnok. 

Magar zamon g‘amidin qochmasun deb ahli ano,  

Ihota ayladn bir-birining ustida aflok. 

Tajalli aylasa ul pok yuz, desang avval,

Zamiring oyinasin g‘ayr naqshidin tut pok. 

Navoiy anduhu furqatda o‘tkarib umre,

Agar dame topibon vasl dog‘i o‘lsa, ne bok. 



337

Tarki ishq ettim, meni ishq ahli xaylidin surung,

Chiqmasam ta’nu jafo toshi boshimg‘a yog‘durung. 

Balki bo‘ynum bog‘labon, ushshoq ibrat olg‘ali,  

Ishq mulki to‘rt bozorida sudrab kezdurung. 

Buyla rasvolig‘ bila torting balo maydonig‘a,  

Har uqubat birlakim, nmkoni bo‘lgay, o‘lturung. 

G‘ussa dashtidin o‘tun toshib, tamug‘din o‘t olib,  

Solibon men xomnnng jismin ul o‘tqa kuydurung. 

Chunki kul bo‘ldum esarda hajr dashti sarsari,  

Ovuch-ovuch olibon, ul kulni ko‘kka sovurung. 

Sovururda do‘st javrin navham ichra darj etib,  

Do‘stlar bedodu zulmin ham  ayolg‘u kelturung. 

Buyla holim ko‘rgach, ey ishq ahli, har dam yuz balo  

Yetsa, ishq otini tutmog‘din ko‘ngulnn tindurung. 

Do‘stlar,  men  ishqini tark aylagan badmehrni  

Bir bahona birla men kuygan mahalg‘a yetkurung. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling