www.ziyouz.com kutubxonasi
183
Ko‘rdi ul gul hajridin ko‘nglum shikofin andalib,
Bilmon, afg‘on qildi yo chok o‘ldi minqori aning.
Qo‘yma marham tig‘i zaxmig‘a ko‘ngulda, ey rafiq,
Chiqsa jon ham, chiqmasun ko‘nglumdin ozori aning.
Ko‘ksum uzra dog‘lar bo‘ynumda zulfi toridur,
Toki mushkin rishtag‘a tortildi tumori aning.
Qo‘yma qasring soyasindakim, bu ohu ashkdin
Ham qora bo‘ldiyu ham nam chekti devori aning.
Dayr ko‘yining gadoyimenki, olam shohidur
Mastlig‘ vaqtida bir oshufta xummori aning.
Jom tutkim, tarhini qilg‘an zamon naqqoshi sun’,
Qildi g‘am naqshini xorij davri pargori aning.
Ey Navoiy, la’li jonbaxshi manga bo‘lsa nasib,
Tong emas, har lahza yuz jon qilsam iysori aning.
359
Yana, ey ishq, guli ruxsorin oshubi chaman qilding,
Hazin bulbul tanig‘a har biridin bir tikan qilding.
Ko‘ngulni telba aylab qaydig‘a har yon oqar sudin,
Chaman zanjiri gesusinda yuz chinu shikan qilding.
Sahob atfoli jola toshlarin yog‘durg‘ali, ey gul,
Pariy yanglig‘ zuhur aylab, junun bulbulg‘a fan qilding.
Rayohin xaylini chekmakka yer zindonidin go‘yo,
Bulut ayyoridin har qatra torin bir rasan qilding.
Niholi gul nishiman gulshan etting go‘yi, ey bulbul,
Firoq ichra tikandin bistaru xasdin vatan qilding.
Yuzung sham’ida shabnam, yo‘qsa terdur, soqiyo, vahkim,
Ul anjumdin shabiston ichra qatli anjuman qilding.
Chamanda mast yeldin, vahki, har yon xam bo‘lur guldek,
Zamone jilva aylab, bizni rasvoyi zaman qilding.
O‘luk deb ujbdin zohid anga xilvatni go‘r aylab,
Hamono pardai pindorin, ey gardun, kafan qilding.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |