Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

190


Ani tutqilkim, alam xaylini aylar poymol. 

Bu g‘azalning maqta’in matla’ xayol etgan kishi,

Ey Navoiy, shoyad etkay fahm sen qilg‘an xayol. 

372

Yor hajri xohi bir kun, xoh yuz yil, ey ko‘ngul,  

Zahrdin bir qatrayu daryoni teng bil, ey ko‘ngul. 

Chunki onsiz o‘lgung, ushbu damki ayrilmoqqadur,  

Bori ul orazg‘a o‘lguncha nazar qil, ey ko‘ngul. 

Har qayon borsa, chu ul qotildin ayrilmas raqib,

Xoh sen qotil anga, xoh andin ayril, ey ko‘ngul. 

Oyu yil devonayu mast o‘lmog‘ingdin to‘ymading,  

Yilchilay ul oy borur, bir lahza ayil, ey ko‘ngul. 

Oshiq o‘lsa shohu ma’shuqi gado lozimdurur,  

Ul niyoz etmas ayon bu noz bilgil, ey ko‘ngul. 

Ajdaholar  ishq dashtida  kirardindur zabun,  

O‘t tutoshubtur bu vodiy nchra — yong‘il, ey ko‘ngul. 

Ishq tig‘i gar Navoiy ko‘ksini chok ayladi,

O‘lmayin netkung durur, bir lahza ochil, ey ko‘ngul. 

373

Yog‘ligin eykim, tikarsen, igna  mujgonimni qil,

Naqsh etarda tori  aning rishtai  jonimni qil. 

Istasang torin qizil yoxud qora qilmoqqa rang,  

Ko‘z qorasin hal qilib, ko‘zdin oqar qonimni qil. 

Gar desang har yon qizil gullar qilay nusxat anga,  

Ko‘ksim ochib, toza qonlig‘ dog‘i hijronimni qil. 

G‘unchalar gul yonida tikmak tahayyul  aylasang,  

Anga  nusxat ko‘ngul otlig‘ zori hayronimni qil. 

Gar desang har yon pariy shakli namudor aylayin,  

Vah, ne nav’ aytay, vale manzur jononimni qil. 

Qilsang ul yog‘lig‘ aro bir she’r ham yozmoq havas,  

Anda har yon naqsh bu nazmi parishonimni qil. 

Ey Navoiy, kimki bu yog‘liqni tiksa yor uchun,  

Muzdi  jonim javhariyu naqdi imonimni qil. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling