O‘Z XILQATI DYeVNIXODLIG‘IN TAVZIH QILMOQ VA GABRLAR FISQIN O‘Z
TOATIG‘A
TARJIH QILMOQ
Xilqatimni devlar birla agar qilsam qiyos,
Lof bo‘lg‘ay, gar desamkim, ul hamondur, bu hamon.
Toatimni gabrlar fisqig‘a yondashtursalar,
Ne bu andin yaxshiroq bo‘lg‘ay, ne ul mundin yomon.
27
NAZMINING BAYTLARIN G‘ARIB MA’NILAR BILA G‘ARIBXONA DYeBTUR, Ya’NI
DOR
USh-ShIFOKI, MUJIBI ShIFO BO‘LG‘AY
Nazmim ichra g‘arib ma’nilar
G‘urabo xaylidin nishonadurur.
Anda har bayt necha ma’ni ila
Bayt emaskim, g‘aribxonadur.
28
SIYaHPO‘Sh AZIZNING JURJONG‘A BORG‘ANIG‘A TAAJJUB QILURKIM, ANDA
SIYaHPO‘Sh KO‘PTUR
Ne deb Jurjong‘a bordi ul siyahbaxt,
Qora to‘n birla solib ko‘ngliga jo‘sh.
Ki bor ul pesha ahlidin aningdek,
Qayonkim ko‘z solurlar, yuz siyahpo‘sh.
29
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
385
Do'stlaringiz bilan baham: |