HYe HARFINING HAROMILARINING HUSNOROILIG‘I «FAVOYID»DIN
101
Azalda chunki raqam topti tolihu solih,
Manga bu pandlaring bejihattur, ey nosih.
Sen e’tirozni qo‘yg‘ilki, barcha haqdindur,
Chu g‘ayb makmanidin har nekim bo‘lur sonih.
Ne ixtiyor sangayu manga, chu kilki qazo,
Azalda yozdi ne majruhdur va gar rojih.
Amal bir oyat ila aylamas, chu yo‘q taqdir,
Biravki aylasa «Kashshof»da o‘zin shorih.
Tili hurufqa evrulmagan, baso, hindu
Ki, bo‘ldi nuktasi ko‘p g‘ayb hazig‘a fotih.
Bu korxonag‘a daxl aylamak adab ermas,
Ne daxl kimsaga, har neki mehr etar loyih.
Navoiy, ollinga yozg‘anni ko‘rmayin bo‘lmas,
Erur haq ollidin ar solih o‘l va gar tolih.
102
Zormen zulfu yuzi furqatidin shomu saboh,
Soqiyo, boda ketur, qayda menu qayda saloh.
Boda daryosig‘a solg‘il meni, ey bodafurush,
Men g‘ariq o‘lsam, emas g‘am, chun sen o‘lg‘ung malloh.
Men menu ko‘yi xarobotu may ichmak tunu kun,
Qo‘pqil, ey shayxu salohimg‘a ko‘p etma ilhoh.
Xonaqahdin chu sahar maykadag‘a yuzlandim,
Har tarafdin yuzuma ochti eshiklar fattoh.
Shahr muftiysi bukun mast edi, fatvo yozdi
Ki, harom o‘ldi, yamon ichsa kishi, yo‘qsa muboh.
Qachon ul ruhi musavvarki simo’ ichra kirar,
Evrulur boshig‘a quds amkinasidin arvoh.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |