Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

112


Va’zu pand aytib, meni bir dam xiradmand etsangiz. 

Telba itni demangiz mendek, nedinkim or etar,  

Aqlu hush ahlini bir majnung‘a monand etsangiz. 

Eyki debsiz: pandingizdin bodani tark etkamen,  

Tark etay, avval meni shoistai pand etsangiz. 

Gar achchiq yig‘lar Navoiy daf’ig‘a, ey sho‘xlar,  

Netti ollinda turub bir dam shakarxand etsangiz. 

218

Ko‘nglum oldi yor, chun yuziga boqib turdi ko‘z,  

Vahki, oldurdi ko‘ngul, har kimsakim oldurdi ko‘z. 

Boqg‘ach ul qotilg‘a, soldi boshima tig‘ uzra tig‘,

Olloh-olloh, ne balolar boshima kelturdi ko‘z. 

Hajr shomi ko‘z yoshim boshimdin oshti, uylakim  

Su yo‘lin har sari aylab raxnalar, bilgurdi ko‘z. 

Oh o‘tidin ayladi zohir ko‘ngul barqi balo,  

Nechakim ko‘nglumga ofat yomg‘urin yog‘durdi ko‘z. 

Ko‘hi dard o‘ldum menu tegramda sabru xush elin,  

Yog‘durub yoshini, sayli ashk birla surdi ko‘z. 

Hajr kojidin ko‘zumga har zamon o‘t choqilur,  

Bu choqinlarg‘a tanim xoshokini kuydurdi ko‘z. 

Oh o‘tidin bori qutqardi bukim ashkim aro,  

Su kishisi yanglig‘ o‘z mardumlarin yoshurdi ko‘z. 

Nahs yulduzdek ko‘zi chun tushti, barham bo‘ldi bazm,  

Muhtasib mayxona ahli bazmig‘a yetkurdi ko‘z. 

Ey Navoiy, istama mendin ko‘ngulkim, yog‘durub  

Jolai ashkin, ko‘ngulning shishasin sindurdi ko‘z. 

219

Tengri bermish ul pariy paykarga andog‘ tor og‘iz  

Kim, kishi bilmaski, anda yo‘qmudur yo bor og‘iz. 

Ignasi birla Masih og‘zin tikib, urmas nafas,  

Jon berurga ochsa ul sho‘xi shakarguftor og‘iz. 

G‘unchalar xandon emas gulshandakim, har saridin,  

Ochti gulro‘yum duosin qilg‘ali gulzor og‘iz. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

113


Turfa ko‘rkim, so‘z bila ham o‘lturur, ham tirguzur,  

Chun ochar muhlik so‘z ayturg‘a Masihovor og‘iz. 

Orazing davri erur xurshid davridin nishon,  

Qayda mehr ichra ko‘rungay nuqtai pargor og‘iz. 

Og‘zima yetkur  quloq, bilkim, sening zikringdurur  

Ul zamonkim, jon berurda tebratur bemor og‘iz. 

Soqiyo, ratli garon birla meni serob qil,  

Kim, qurubtur tashnalablig‘din manga bisyor og‘iz. 

Eykn ko‘nglung sirrin   istarsenki, pinhon asrasang,

Dahr bog‘i ichra ochma g‘unchadek zinhor og‘iz. 

Ey Navoiy, yorning ko‘ngli tutuldi noladin,

Kosh hargiz ochmag‘ay erdim meni afgor og‘iz*. 

* Ushbu bayt Parij nusxasidan to‘ldirildi. 

220

Anga xo‘ydin toza bo‘lmish obi hayvon birla yuz,

Hajridin og‘ushta bizga ashki g‘alton birla yuz. 

Sham’i vasl, eykim, ko‘zung yorutti, shod o‘lkim, mening

Ro‘zgorimga qorardi dudi hijron birla yuz. 

Bir sarig‘ kog‘azdurur tim-tim qizil bo‘lg‘an menga,  

Qatra-qatra ashkdin naqsh aylagan qon birla yuz. 

Surtarim tufroqqa  yuz hijronda zoyi’ bo‘lmag‘ay,  

Surtar o‘lsaq vasl aro bir-birga jonon birla yuz. 

Ey ajal, qo‘ykim, qo‘yay yuz yorning ko‘yigakim,  

Qo‘yg‘udekturmen adam ko‘yiga armon birla yuz. 

Xonaqah ahli nifoqidin qutulmoq istabon,  

Qo‘ymisham iynak fano dayrig‘a afg‘on birla yuz. 

Ey Navoiy, ul quyosh   yodida andoqkim shafaq,  

Bizga rangin ayla jomi charxi gardon birla yuz. 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling