www.ziyouz.com kutubxonasi
111
Xo‘blar turrai oshuftasig‘a mayl etmang,
Ko‘nglunguzni kuch ila shiftahol aylamangiz.
Gulda yo‘q bo‘yi vafo, sham’da yo‘q shu’lai mehr,
O‘zni bulbulvashu parvona misol aylamangiz.
Dilbarim chiqqusi xurshiddek, ey mahvashlar,
Haddingizni bilib, izhori jamol aylamangiz.
Ko‘rkaboylarg‘a gado bo‘ldunguz, ey ishq ahli,
Bu g‘anilarg‘a vafo naqdi savol aylamangiz.
Tarki nshq etti Navoiy, tutubon taqvoyu zuhd,
Ey sanamlar, anga ko‘p g‘anju dalol aylamangiz.
216
Sarv kim ko‘rdi aning ustida mohi dilnavoz,
Oy qachon qildi tulu’ — ostida aning sarvinoz.
Ma’ni ahlida bu surat zohir o‘ldi har qachon
Kim, shabiston ichra qildi jilva ul sham’i tiroz.
Ne g‘arobatlar ekin ul oydakim, har dam qolur
Husnining har diqqati kashfida hayron ahli roz.
Beadad nozi bila behad niyozim sharhida,
Daftare yozib, otin qo‘ymoq bo‘lur «Nozu niyoz».
To xayoling ko‘zdadur, ko‘z uyi go‘yo Ka’badur
Kim, turub atrofidin kirpiklarim aylar namoz.
Demang, ul sho‘xi balo usruk yetishti, qil hazar,
Vah, netaykim, bu balodin aylayolmon ehtiroz.
Ey Navoiy, qalbu jon naqdin magar pok o‘ynading,
Ul muqomir shevag‘akim bo‘ldi oting pokboz.
217
Rozi ermasmen, ko‘ngul chokini payvand etsangiz,
Qolg‘anin ham koshki parkand-parkand etsangiz.
Itlari ollida solibkim meni, ul ko‘ydin
Qovmaq istarlar, dame mashg‘ulu xursand etsangiz.
Qayd etarda ul pariy ko‘yida men devonani,
Itlari zanjiri birla koshki band etsangiz.
So‘rmog‘img‘a kelsa Majnun netti, ey ahli junun,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |