Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin
www.ziyouz.com kutubxonasi
121
Ey Navoiy, shoh chatri soyasidin ori bor, Tutqan el bir lo‘lii oshufta parcham birla uns. 235 Qo‘p, ey bodi sabo, jonon sari es, Masih anfosi yanglig‘ jon sari es. Aning ko‘yida qil arzi niyozim, Dame ul ravzai rizvon sari es. Dame gul birla sunbul xaylidin o‘t, Zamone lolayu rayhon sari es. Chu ul gulshandin o‘ldung ruhparvar, Yonib bu kulbai ahzon sari es. Isidin ber tanimg‘a ruh, ya’ni Ki, bu farsudai hijron sari es. Fano dashtida, ey hijron samumi, Quyun yanglig‘ bu sargardon sari es. Navoiy chun o‘lar, ey sarsari oh, Buzug‘lik qilg‘ali davron sari es.
Manga ishrat yeri — kunji fano bas, Yangi masnad, bir eski bo‘ryo bas. Yalang tan yopqali bas sholi idbor, Bosh ostida yalang qo‘l muttako bas. Davo dardimg‘a gar topmon, emas g‘am Ki, dardimg‘a davosizlig‘ — davo bas. Mayi ishratni ahli aysh cheksun, Menga xunoban ranju ano bas. Men o‘ldum xud vafo yo‘lida tufrog‘, Vale yor aylamas javru jafo bas. Skandarga jahonu azmi zulmat Ki, mulki ishqu shomi g‘am manga bas. Desam anglay jahon holiin ravshan, Qadah oyinayi getinamo bas. Havodisdin panoh har kimga bir yer, Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar www.ziyouz.com kutubxonasi 122
Manga mayxona kunji multajo bas. Navo ma’shuqdin gar tutsa ushshoq, Navoiyg‘a navosizlig‘ — navo bas.
Ey ko‘ngul, holimg‘a ul oy rahm qilg‘udek emas, Zorlig‘ birla ishim andin ochilg‘udek emas. Ishqida rasvolig‘im ul nav’ bo‘ldi foshkim, Zuhdu ismat pardasi birla yopilg‘udek emas. Jomi ishqidin ko‘ngul ul nav’ erur masti xarob Kim, qiyomat bazmig‘a tegru ayirg‘udek emas. Uyla ishqi dashtida majnun ko‘ngul ovoradur Kim, pariylar istagan birla topilg‘udek emas. Soqiyo, la’ling mayidin gar iloje qilmasang, Bu xumorim la’li may birla yozilg‘udek emas. Dard o‘tin qilg‘an havas avval ko‘ngulni o‘rtadik Kim, ul o‘t har xom ko‘ngliga yoqilg‘udek emas. Ey Navoiy, ul pariyvashdin vafo ko‘z tutmag‘il Kim, junun ahlini aslo ko‘zga ilg‘udek emas.
Zulfidur ko‘nglumda har dam, oh chekmak sud emas Kim, havog‘a mushku anbar gardi butrar, dud emas. Husni vasfin demakim, ishqim kebi poyoni yo‘q, Mehridin ne deykim, ul sabrim kebi mavjud emas. Yuz vafo ahd aylasang, yo‘qtur vafoi ahd hech, Kim, sening ahdingg‘a oyini vafo ma’hud emas. Lablaring hajrinda jonim qasdig‘a ko‘z davrida, Neshlardur la’lgun, mujgoni xun olud emas. Dog‘i ishqin ko‘ngluma qo‘ydum, qanoat qilmadi, Qalbi soyildekki, olib bir diram, xushnud emas. Anglag‘il nobudini yuz qatla xushroq budidin, Solikekim, faqr aro budi aning nobud emas. Shayx agar yopti Navoiyg‘a eshik, rasvo debon, Shukr erurkim, afvu rahmat eshiki masdud emas.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling