Alisher Navoiy.
Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
116
Holima yor tarahhum qilmas,
Yig‘lasam zor, tabassum qilmas.
Ko‘ngluma vahm erur hijrondin,
Qatldin hech tavahhum qilmas.
G‘uncha og‘zing so‘zida qaysi zamon
Kim, hazin ko‘nglum o‘zin gum qilmas.
Javrlarkim qilur ul oy manga,
Yetti aflok aro anjum qilmas.
Qaysi bir zulmki qilmas ul sho‘x,
Garchi bu zor tazallum qilmas.
Yuz kalom el bila aytur har dam,
Bizga bir nukta takallum qilmas.
Ey Navoiy, qiya boqti demakim,
Ko‘ngluma yor tarahhum qilmas.
226
Ko‘z yorutmoqqa demon mehri jamoling bog‘i bas
Kim, samanding na’li, balkim, yo‘lining tufrog‘i bas.
Ko‘rgali maqsud ruxsorini mir’ot istaram,
Har taraf ko‘ksumdagi ishqingning eski dog‘i bas.
Buzg‘ali ko‘nglumni zahmat chekmangiz, ey dardu g‘am
Kim, bu kishvarni buzarg‘a hajr xayli yog‘i bas.
Yo‘lida tufrog‘men, sovurma, ey gardun meni
Kim, bu ishga chobukumning raxshining tuynog‘i bas.
Ko‘zni yozg‘ursam o‘yarg‘a hojat ermas tig‘i tez
Kim, ani ko‘r etkali hajr ilgining tirnog‘i bas.
Qorig‘anda tavba xushroqdur yigitlar ishqidin,
Beadablig‘larki ko‘rguzdung yigitlik chog‘i — bas.
Ey Navoiy, dilrabolarning vafosin istamon
Kim, manga o‘z dilbarim javru jafo qilmog‘i bas.
227
Shomi hijronimg‘a, ey gardun, sahar paydo emas,
Chekma zahmat qatlimakim, hojati yaldo emas.
Jonim olmoqqa ajal xaylidurur ko‘yung aro,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: