Alisher Navoiy.
Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
114
Manga o‘lmaklik erur hajrda oson sensiz,
O‘layin, lek dame bo‘lmayin, ey jon, sensiz.
Jonsiz imkoni nafas yo‘q kishiga, vahki, manga
Ne uchun tinmas eknn bir nafas afg‘on sensiz.
Barq ila ra’dchadur tog‘ uza men majnung‘a,
Kechalar oh bila nolai pinhon sensiz.
Tushmasin kimsaga bu nav’ qatiq kunki, manga
Buylakim, qolmisham o‘z holima hayron sensiz.
Qilmag‘ay tang‘a ajal dardu balosi jonsiz,
Jong‘a zulmiki qilur mehnati hijron, sensiz.
Charx hajringda yaqindur boshima yemrulgay,
Ko‘r, nelar kelturadur boshima davron sensiz.
Bo‘lsa vaslingda Navoiy yo‘q ajal mumkin anga,
Lek bir lahza hayot anga ne imkon sensiz.
222
Ey sanga qadi rost, lekin turrai tarror ko‘j,
Kim ko‘rubtur sarv ila sunbulni bu miqdor ko‘j.
Rostlarg‘a rostlig‘dur ish magar, ul mastning
Qomatikim rostdur, lekin anga raftor ko‘j.
Qiblai din orazingdur, kufr tori sunbulung,
Ne ajab gar qibla tuz bo‘lsa, vale zunnor ko‘j.
Rostlar boshpni tufrog‘ aylasa raxshi ne tong,
Ulki qo‘ydi mastlig‘din bosh uza dastor ko‘j.
Ishq aro ko‘nglung tuzatkim, rost solg‘ay aks yor,
Ko‘zgu egri bo‘lsa, solur aksini ruxsor ko‘j.
Egridin juz egrilik hargiz asar bo‘lmas ayon,
Kim solur albatta soya naxli nohamvor ko‘j.
Qolibon zulfung aro topti Navoiy jismi tob,
Naylagay bo‘lmay tanob ichra uzulgan tor ko‘j.
Do'stlaringiz bilan baham: