www.ziyouz.com kutubxonasi
128
Jon olibkim, va’da pobo‘s etti, mumkin yo‘q vafo,
Chunki yolg‘on va’dadur ul va’dasi yolg‘ong‘a ish.
Necha jon qildim fidosi — odamiylig‘ topmadim,
Tushmasun, yo rab, pariy jinsi bila insong‘a ish.
Gar Navoiy kuydi hajr otashgahida, yo‘q ajab,
O‘rtamakdin o‘zga bo‘lmas shu’lai hijrong‘a ish.
249
Ham xati xazrosi xushtur, ham labi go‘yosi xush,
Ham Xizr xush, ham aning ayni hayotafzosi xush.
Ey mug‘anniy, hajr za’fidin hazinmen uylakim,
Lahnda dudi bila kelmas Masih anfosi xush.
Bir ishorat birla o‘lturdiyu xushmenkim, kelur
Barcha gar xud qatl uchundur, yorning imosi xush.
Uylakim tojir bo‘lur, xush yaxshi savdo bersa dast,
Meni savdoyini asrar zulfining savdosi xush.
Ruh xayli oldorab, o‘z holig‘a topmas shuur,
Chun xirom etsa, ravonoso qadi ra’nosi xush.
Vah, nedin ajzu niyozim noxush erkin ollida,
Nechakim, ko‘nglumga kelsa nozu istig‘nosi xush.
Ey xirad ahli, senu aqlu vara’ mulkida qayd
Kim, erur ishq ahli ollinda junun sahrosi xush.
Ichkali eski safol ichra gadolig‘ durdini,
Bizga o‘zga kelmadi juz sog‘aru sahbosi xush.
Ey Navoiy, qullug‘in nazm ichra arz etmak ne sud,
Ulki qilmas nazm birla qullug‘in mirzosi xush.
250
Ul oydin ham vafo xush, ham jafo xush,
Ne kelsa o‘zgalardin — barcha noxush.
Tabibo, lutf etib, qo‘pqil boshimdin
Ki, kelmaydur bu dardimg‘a davo xush.
Farog‘ ahlig‘a jomi vasl xushtur,
Menga lekin erur zahri balo xush.
Yo‘q ersa vasl iqbolig‘a haddim,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |