Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


ShIN HARFINING ShO‘XLARINING ShAMOYILI «FAVOYID»DIN


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

ShIN HARFINING ShO‘XLARINING ShAMOYILI «FAVOYID»DIN 

242

Oqara boshladi boshu to‘kula boshladi tish,     

Safar yarog‘ini qilg‘ilki, tushti boshinga ish. 

Yigitligim boribon, keldi boshima qarilig‘,  

Fano yo‘lida bu yanglig‘ emish borishu kelish. 

Yuz ulki, qirqdin ellikka qo‘ydi yuz, qilsa

Ming  ishidin biriga yaxshiliq mahol ermish. 

Erur hayotning o‘q yanglig‘ o‘tmakiga dalil,

Kishiki, yo kebi qadg‘a asodin etti kerish. 

Adudur olti jihatdin manga chu yetti falak,

Ne sud yoshim agar oltmish va gar yetmish. 

Yigitlik o‘ldi bahoru kuhulat o‘ldi xazon,

Degay bu so‘zni — qarilig‘ni qishqa o‘xshatmish. 

Ne qish nishoti manga qoldi, ne xazon, ne bahor,  

Nahorima chu xazon qo‘ydi yuz, xazonima — qish. 

Ne turfa ishki, birav chun toriqti umridin,  

Desa uzun yasha, qarg‘ishdur anga bu alqish. 

Navoiyo, tutar ahli fano najot yo‘lin,

Erishmak istar esang ishda, ham alarni erish. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling