Alisher Navoiy.
Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
119
Har kishiga dast bersa ul pariy yanglig‘ anis,
Boqa olmas topsa mehri xovari yanglig‘ anis.
Mehr etib zohir, xaridor o‘lmas ul oy borida,
Har ko‘ngulkim topsa mehru Mushtari yanglig‘ anis.
Ming fig‘onliq ko‘nglum ul gulrux bila gar topti uns,
Basdurur bulbulg‘a gul bargi tari yanglig‘ anis.
Rahmi ortuq bo‘lg‘usi ul nomusulmondin base,
Bo‘lsa din xaylig‘a xaybar kofiri yanglig‘ anis.
O‘z anisimdin ko‘ngul gar uzmasam yo‘qtur ajab
Kim, topilmas kimsaga o‘z dilbari yanglig‘ anis.
Sen manga, bas, Layliyu Shirin ul ikki zorg‘a,
Har kishiga bo‘lmas o‘z mahpaykari yanglig‘ anis.
O‘z anisimg‘a agar devonamen, yo‘q aybkim,
Yo‘q ajab devonalig‘ topqan pariy yanglig‘ anis.
Xushtur ul oy, gar anisim bo‘lsakim ishq avjida,
Toli’ o‘lmas ul saodat axtari yanglig‘ anis.
Ey Navoiy, yuz tuman mug‘ dayrida sayr aylasang,
Topmagung ul aqlu din g‘oratgari yanglig‘ anis.
232
Dayr aro bizga vatan sarmanzili xammor bas,
Qibla — but, sarrishtai faqru fano — zunnor bas.
Dam-badam bir mug‘bacha la’li labi hijronidin,
La’lgun sog‘ar qadahdek, didai xunbor bas.
Devsiyratlardin, ey gardun, meni og‘ritmakim,
Yuz alarcha og‘riturg‘a ul pariy ruxsor bas.
Yor zulm etgan sayi ag‘yor so‘rmoq zulm erur,
Vahki, shoyad qilmag‘ay hargiz jafosin yor bas.
Jomi minoyini soqiy gar bas etmas, bok emas,
Garchi javrin qilmag‘ay bu toqi mnnokor bas.
Charxdin ne kelsa, xush bo‘lkim, sening ko‘nglung uchung
Aylamas davrini hargiz gunbadi davvor bas.
Ey Navoiy, rishtai davrong‘a chekkil durrn nazm
Kim, zamon avroqig‘a sendin so‘z-o‘q osor bas.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: