Alisher Navoiy.
Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
115
Lolaruxlar vaslida yuz yil kishi qilsa nishot,
Bir zamonlig‘, bilki, dog‘i furqatig‘a arzimas.
Bahru kon naqdin agar yig‘ding, vale yetkach ajal
Barchani solib ketarning shiddatig‘a arzimas.
Har necha tersang yigitlikning bahori gullarin,
Bir xazoni shaybu ohi hasratig‘a arzimas.
Taxti izzat uzra nasb etsa birovni davri charx,
Azl ko‘yining g‘ubori zillatig‘a arzimas.
Har iecha davlat sahobi sochsa gavhar boshinga,
Anglakim, bir qatla barqi ofatig‘a arzimas.
Xirqam olib raxn, durdi dard ber, ey mayfurush
Kim, xarobot ahli sofi ishratig‘a arzimas.
Har zamon yore ketar jonimni olg‘il, ey ajal
Kim, hayot ahbobi dardn furqatig‘a arzimas.
Kimsa birla tutmag‘il ulfat, Navoiy, negakim,
Ayrilurda manga bo‘lg‘an holatig‘a arzimas.
224
Ne hadki aylagamen yor dastbo‘si havas,
Muyassar o‘lsa itining ayog‘in o‘pmak — bas.
Tabib bermadi muhlik haroratimg‘a sukun
Ki, tez o‘lur bu o‘t, ar xud Masih ursa nafas.
Ko‘zung ko‘ngulni kabob etti, mast agar ermas,
Tanurdin kishi qushqa bo‘lurmu, qilsa qafas.
Havasi labing shakaridur chibindek etsa havo,
Ko‘nguldin o‘lmadi kam hech bu havoyu havas.
Firoq ashkidin el g‘ofil o‘lmasunki, qilur
Ko‘zum orasida har qatra qilmag‘anni Aras.
Nasimi husn yorutti chu shavq shu’lasini,
Erur teng o‘rtamakida xitoyiyu charkas.
Navoiy o‘lmadi roviy hadisidin xushhol
Ki, bu habibu anis aytur ul habibu anas.
Do'stlaringiz bilan baham: