Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar  www.ziyouz.com


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

225


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

116


Holima yor tarahhum qilmas,  

Yig‘lasam zor, tabassum qilmas. 

Ko‘ngluma vahm erur hijrondin,  

Qatldin hech tavahhum qilmas. 

G‘uncha og‘zing so‘zida qaysi zamon  

Kim, hazin ko‘nglum o‘zin gum qilmas. 

Javrlarkim qilur ul oy manga,  

Yetti aflok aro anjum qilmas. 

Qaysi bir zulmki qilmas ul sho‘x,  

Garchi bu zor tazallum qilmas. 

Yuz kalom el bila aytur har dam,

Bizga bir nukta takallum qilmas. 

Ey Navoiy, qiya boqti demakim,  

Ko‘ngluma yor tarahhum qilmas. 



226

Ko‘z yorutmoqqa demon mehri jamoling bog‘i bas 

Kim, samanding na’li, balkim, yo‘lining tufrog‘i bas. 

Ko‘rgali maqsud ruxsorini mir’ot istaram, 

Har taraf ko‘ksumdagi ishqingning eski dog‘i bas. 

Buzg‘ali ko‘nglumni zahmat chekmangiz, ey dardu g‘am  

Kim, bu kishvarni buzarg‘a hajr xayli yog‘i bas. 

Yo‘lida tufrog‘men, sovurma, ey gardun meni  

Kim, bu ishga chobukumning raxshining tuynog‘i bas. 

Ko‘zni yozg‘ursam o‘yarg‘a hojat ermas tig‘i tez

Kim, ani ko‘r etkali hajr ilgining tirnog‘i bas. 

Qorig‘anda tavba xushroqdur yigitlar  ishqidin,  

Beadablig‘larki ko‘rguzdung yigitlik chog‘i — bas. 

Ey Navoiy, dilrabolarning vafosin istamon  

Kim, manga o‘z dilbarim javru jafo qilmog‘i bas. 

227

Shomi hijronimg‘a, ey gardun, sahar paydo emas,  

Chekma zahmat qatlimakim, hojati yaldo emas. 

Jonim olmoqqa ajal xaylidurur ko‘yung aro, 




Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling