Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

120


233

Mehr go‘yokim tulu’ etmish, mening mohim emas,  

Kim, yuziga ko‘z sola olmonki, dilxohim emas. 

Har dam ohingdin dema mir’oti husnung tiyradur,  

Tiyra bo‘lma,  ishqing  o‘ti dudidur, ohim  emas. 

Sa’b uchun ishq o‘ldilar Fyarhodu Majnun yo‘lda-o‘q,

Kim, biri holo bu vodiy ichra hamrohim emas. 

Oh, jismimni aning ko‘yiga soldi yuz ming oh,

Kim, anga bir ko‘hi mehnatdur pariy kohim emas. 

Ahli ishq istar visolu men xayolig‘a dog‘i,  

O‘zin loyiq topman el bu ishta ogohim emas. 

Men fano dayri gadoyimen, nedur sing‘an safol,  

Ilgima gar har eshikda shay-al-ollohim emas. 

Ko‘yida chun tufrog‘ o‘ldum, esmasun ul yon sabo,  

Ey Navoiy, ul maqomimdur, guzargohim emas. 

234

Tutmayin olamda ko‘nglum nasli odam birla uns,  

Vahki, oxir tutti bir oshubi olam birla uns. 

Kimga aytay ul pariy dardin meni majnun dame,  

Chun tuta olmon junundin hech hamdam birla uns. 

Jonda har zaxm ichra chun dardi aning matlubdur,  

Bu jihatdindurki, topmas hech marham birla uns. 

Gar unuttum vaslni hijron aro, yod aylamas  

Shodlig‘ni ulki, tutti mehnatu g‘am birla uns. 

Vomiqu Majnung‘a holim demadimkim, qo‘ymadi  

Vahshati hijron tutarg‘a hech mahram birla uns. 

Bor esa novmid oshiqlar anisim, tong emas,

Motam ahlig‘a, ajab yo‘q, ahli motam birla uns. 

Olam ahli sust paymondurlar, ey ahli vafo,

Dast agar bersa, tutung bir ahdi mahkam birla uns. 

Ul pariy paykar malakvash men junundin devsor,  

Tutmasa yo‘q ayb bu rasvoi olam birla uns. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling