Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin
www.ziyouz.com kutubxonasi
123
239 Qilding ofat barqidin jonimg‘a o‘t yoqmaq havas, Tifl o‘t yoqmoq uchun qilg‘andek o‘t choqmaq havas. Telba ko‘nglum shu’lai ishqingni asrar jon aro, Uylakim ahli junun aylarlar o‘t yoqmaq havas. Yo mizojing tund ekandin, yo raqibing vahmidin, Boqa olmon necha ko‘z istar sanga boqmaq havas. Ishq jurmin bo‘ynuma tuttum, vale bu jurm uchun, Qilmading zulfung tanobin bo‘ynuma toqmaq havas. Sayli ashkim istaram sursam, vale ko‘yung sari, Istamon vayron qilur andishadin oqmaq havas. Bazmi himmat ichra may ichsam, qilurmen hazl uchun, Charxning farqi uza rad ilgini qoqmaq havas. Necha o‘t yoqmaq havas qilg‘ung Navoiy jonig‘a, Anda bir qilsang bo‘lur marham dog‘i yoqmaq havas.
G‘amzangni kishi nazzora qilmas Kim, bag‘rini pora-pora qilmas. Dardimg‘a agarchi yo‘q shumora, Ishqing muni ham shumora qilmas. Bechora meni dengiz g‘am ichra Kim, yor g‘amimg‘a chora qilmas. Qilg‘anni jahong‘a ohu ashkim, Charx aylamasu sitora qilmas. Ishq qildi ko‘ngulga dardi hajring Kim, shishag‘a sangi xora qilmas. Topmas kishi dahr bazmidin kom, Kim, majma’idin kanora qilmas. Xilvat aro kirgali Navoiy, Juz maxlasin istixora qilmas.
Ul oy bo‘lmay manga mahbubu ma’nus, Meni vaslidin etti charx ma’yus.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar www.ziyouz.com kutubxonasi 124
Ne bilgay holatim dasht uzra Majnun, Ki, ermas hajr zindonida mahbus. Magar g‘am shomi hijron qiyri birla Yuzumga vasl eshikin qildi madrus. Sen, ey davlat qushi, uchkim, menu chug‘z Kim, ul manhusu baxtim dog‘i manhus. Vafo ahli zamondin qilma bovar Ki, ne ma’qul erur bu ish, ne mahsus. Ketur maykim, chu bo‘ldum oshiqu mast, Hamul dam daf’ bo‘ldi zuhdu nomus. Navoiy rag‘mig‘a xush tutsun o‘zni Angakim, bir anise bo‘lsa ma’nus. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling