Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

121


Ey Navoiy, shoh chatri soyasidin ori bor,

Tutqan el bir lo‘lii oshufta parcham birla uns. 



235

Qo‘p, ey bodi sabo, jonon sari es,

Masih anfosi yanglig‘ jon sari es. 

Aning ko‘yida qil arzi niyozim,

Dame ul ravzai rizvon sari es. 

Dame gul birla sunbul xaylidin o‘t,  

Zamone lolayu rayhon sari es. 

Chu ul gulshandin o‘ldung ruhparvar,

Yonib bu kulbai ahzon sari es. 

Isidin ber tanimg‘a ruh, ya’ni

Ki, bu farsudai hijron sari es. 

Fano dashtida, ey hijron samumi,  

Quyun yanglig‘ bu sargardon sari es. 

Navoiy chun o‘lar, ey sarsari oh,

Buzug‘lik qilg‘ali davron sari es. 

236

Manga ishrat yeri — kunji fano bas,

Yangi masnad, bir eski bo‘ryo bas. 

Yalang tan yopqali bas sholi idbor,

Bosh ostida yalang qo‘l muttako bas. 

Davo dardimg‘a gar topmon, emas g‘am  

Ki, dardimg‘a davosizlig‘ — davo bas. 

Mayi ishratni ahli aysh cheksun,

Menga xunoban ranju ano bas. 

Men o‘ldum xud vafo yo‘lida tufrog‘,  

Vale yor aylamas javru jafo bas. 

Skandarga jahonu azmi zulmat 

Ki, mulki ishqu shomi g‘am manga bas. 

Desam anglay jahon holiin ravshan,

Qadah oyinayi getinamo bas. 

Havodisdin panoh har kimga bir yer,  




Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

122


Manga mayxona kunji multajo bas. 

Navo ma’shuqdin gar tutsa ushshoq,  

Navoiyg‘a navosizlig‘ — navo bas. 

237

Ey ko‘ngul, holimg‘a ul oy rahm qilg‘udek emas,  

Zorlig‘ birla ishim andin ochilg‘udek emas. 

Ishqida rasvolig‘im ul nav’ bo‘ldi foshkim,  

Zuhdu ismat pardasi birla yopilg‘udek emas. 

Jomi ishqidin ko‘ngul ul nav’ erur masti xarob  

Kim, qiyomat bazmig‘a tegru ayirg‘udek emas. 

Uyla ishqi dashtida majnun ko‘ngul ovoradur  

Kim, pariylar istagan birla topilg‘udek emas. 

Soqiyo, la’ling mayidin gar iloje qilmasang,  

Bu xumorim la’li may birla yozilg‘udek emas. 

Dard o‘tin qilg‘an havas avval ko‘ngulni o‘rtadik

Kim, ul o‘t har xom ko‘ngliga yoqilg‘udek emas. 

Ey Navoiy, ul pariyvashdin vafo ko‘z tutmag‘il  

Kim, junun ahlini aslo ko‘zga ilg‘udek emas. 

238

Zulfidur ko‘nglumda har dam, oh chekmak sud emas  

Kim, havog‘a mushku anbar gardi butrar, dud emas. 

Husni vasfin demakim, ishqim kebi poyoni yo‘q,  

Mehridin ne deykim, ul sabrim kebi mavjud emas. 

Yuz vafo ahd aylasang, yo‘qtur vafoi ahd hech,

Kim, sening ahdingg‘a oyini vafo ma’hud emas. 

Lablaring hajrinda jonim qasdig‘a ko‘z davrida,

Neshlardur la’lgun, mujgoni xun olud emas. 

Dog‘i ishqin ko‘ngluma qo‘ydum, qanoat qilmadi,  

Qalbi soyildekki, olib bir diram, xushnud emas. 

Anglag‘il nobudini yuz qatla xushroq budidin,  

Solikekim, faqr aro budi aning nobud emas. 

Shayx agar yopti Navoiyg‘a eshik, rasvo debon,  

Shukr erurkim, afvu rahmat eshiki masdud emas. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling