Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

117


Itlaringdnn boshim uzra har taraf g‘avg‘o emas. 

Nastarandurkim, yuzung hajrida qonlig‘ ko‘z bila,

Za’faroniy yuzga surtubmen, guli ra’no emas. 

G‘unchadek ko‘nglum yo‘q og‘zing hasratig‘a tushkali,

Ham aning rangin hamono tuttikim, paydo emas. 

Har dam istig‘noyu nozi yuz gunahsiz qon to‘kar,  

Bu ajab muhlik balodur, nozu istig‘no emas. 

Charx jomida to‘ladur zahri qotil qasdima,

Gar nashotim yo‘q, ajab yo‘q sog‘ari sahbo emas. 

Shohlardin lutfu ehson da’b erur ajz ahlig‘a,

Barcha shahlar zolim, ondoqkim, bizing mirzo emas. 

Eyki, mendek telba ermassen, jihat ushbu ekin  

Kim, nigoring bir pariy paykar malaksiymo emas. 

Zikru tasbih istama mendin, Navoiykim, ishim  

Tunlar ul oy hajrida har ohu vovaylo emas. 

228

Ko‘rmak ani chun hadim yo‘q, meni jonon tanimas,  

Yo‘q ajab gar ann ham bu zori hayron tanimas. 

Oshiqu ma’shuq bo‘lmoq bir-birin tanishmayin,

Biz ikovdin boshqa go‘yo ahli davron tanimas. 

G‘amki yuz yillik rafiqimdur, netibmen telbag‘a

Ko‘rmayin ko‘ksumda yuz ming dog‘i hijron tanimas. 

Va’dai vasli ne yod etkayki bazmi aysh aro,  

Mastlig‘din kimsani ul ahdi yolg‘on tanimas. 

Ey musulmonlar, ajab yo‘q kofiru mast o‘lmag‘um,

Chunki islom ahlini ul nomusulmon tanimas. 

Tanima davr ahlinikim, ulki jon qilsang fido,  

Holinga tag‘yir bergach davri gardon, tanimas. 

Ey Navoiy, qil Iroq ohangiyu azm et Hijoz  

Kim, muhabbat zumrasin ahli Xuroson tanimas. 

229

Bizga ishq anduhidin ish zorlig‘larmu emas,

Holi hajr oshubidin dushvorlig‘larmu emas. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

118


G‘unchadek yuz pora ko‘nglum holi bir gul hajridin,

Xorlig‘larmu emas, afgorlig‘larmu emas. 

Tong emas hijron sahobin desalar yog‘durdi qon,  

Ko‘zlarim da’bi kecha xunborlig‘larmu emas. 

Ey ajal, hijronda o‘lmakdin meni qo‘rqitmag‘il,  

Ish manga bu so‘zda minnatdorlig‘larmu emas. 

Emin o‘lma, mehr ko‘rguzgan bila, aflokdin  

Kim, bu kajravlar ishi g‘addorlig‘larmu emas. 

Mahvashekim pokrav oshiqni qilg‘ay bahravar,  

Husnidin oyini barxurdorlig‘larmu emas. 

Ey Navoiy, yor ko‘yi itlarining holinga

Kecha tutmoq qopmog‘idin yorlig‘larmu emas. 



230

Base bu dayri ko‘han mahbasida qilma julus  

Ki, anda har kishi majlis tuzar, bo‘lur mahbus. 

Jahondin istama ochuq futuh abvobin 

Ki, bu zamona aro bo‘lmish ul eshik madrus. 

Havos sa’yi bila fayz yo‘q riyozatsiz, 

Gar o‘lsa dog‘i bu ish bizga bo‘lmadi maxsus. 

Sovug‘ kelur ko‘zuma xonaqohu zuhdu riyo,  

Xusho sharorai Zardusht birla dayri majus. 

Mayi mug‘ona agar bizga tutsa mug‘bachalar,

Gar arg‘anun uni yo‘q ersa, basdurur noqus. 

Chu yo‘q bu kishvari islom aro vafo bila mehr,  

Xusho navohiyi Afranju xittai Tartus. 

Chu umr o‘tar, bu kun o‘zni nishot ila xush tut  

Ki, tongla naf’ yeturmas darig‘ ila afsus. 

Visoldin men agar noumid esam, yo rab 

Ki, ishq zumrasidin qilma kimsani ma’yus. 

Navoiyo, senu ovoralig‘da rasvolig‘,

Nedinki dayri fano ichra nang erur nomus. 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling