Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar  www.ziyouz.com


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

221


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

114


Manga o‘lmaklik erur hajrda oson sensiz,  

O‘layin, lek dame bo‘lmayin, ey jon, sensiz. 

Jonsiz imkoni  nafas yo‘q kishiga, vahki, manga  

Ne uchun tinmas eknn bir nafas afg‘on sensiz. 

Barq ila ra’dchadur tog‘ uza men majnung‘a,  

Kechalar oh bila nolai pinhon sensiz. 

Tushmasin kimsaga bu nav’ qatiq kunki, manga  

Buylakim, qolmisham o‘z holima hayron sensiz. 

Qilmag‘ay tang‘a ajal dardu balosi jonsiz,  

Jong‘a zulmiki qilur mehnati hijron, sensiz. 

Charx  hajringda  yaqindur boshima yemrulgay,  

Ko‘r, nelar kelturadur boshima davron sensiz. 

Bo‘lsa vaslingda Navoiy yo‘q ajal mumkin anga,

Lek bir lahza hayot anga ne imkon sensiz. 



222

Ey sanga qadi rost, lekin turrai tarror ko‘j, 

Kim ko‘rubtur sarv ila sunbulni bu miqdor ko‘j. 

Rostlarg‘a rostlig‘dur ish magar, ul  mastning

Qomatikim rostdur, lekin anga raftor ko‘j. 

Qiblai din orazingdur, kufr tori sunbulung,

Ne ajab gar qibla tuz bo‘lsa, vale zunnor ko‘j. 

Rostlar boshpni tufrog‘ aylasa raxshi ne tong,  

Ulki qo‘ydi mastlig‘din bosh uza dastor ko‘j. 

Ishq aro ko‘nglung tuzatkim, rost solg‘ay aks yor,  

Ko‘zgu egri bo‘lsa, solur aksini ruxsor ko‘j. 

Egridin juz egrilik hargiz asar bo‘lmas ayon,

Kim solur  albatta  soya naxli nohamvor  ko‘j. 

Qolibon zulfung aro topti Navoiy jismi tob,

Naylagay bo‘lmay tanob ichra uzulgan tor ko‘j. 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling