Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

110


Husnining ani ko‘ngul oshubi bo‘ldikim, solur  

Kulgudin zaxmig‘a shirinkorlig‘ onida tuz. 

Tuzmasa  tong yo‘q ko‘ngulkim, ul  malohat konining,  

Ishvasi to‘ldurmish aning zaxmi pinhonida tuz. 

Novaki zaxmida og‘riqdin achishmoqdur fuzun,  

Muzmar etmishlar  magar su birla paykonida tuz. 

Achig‘-achig‘ yig‘lamay naylay iki la’ling uchun  

Kim, xayoli soldi ko‘zlar ashki g‘altonida tuz. 

Ul malohat koni ishqidin qayon borsam, kelur  

Do‘stlar, ollimg‘a rasvolig‘ biyobonida tuz. 

Ey Navoiy, ne ajab solsa chuchuk jonimg‘a so‘z,  

Chunki bor ul no‘shlabning shakkaristonida tuz. 



214

Ey visol ahli, mening holim ko‘rub, rahm aylangiz,  

Yor zulmi gah-gahi yetsa, shikoyat qilmangiz. 

Ey ibodat xayli, pandim bergucha tengri uchun,  

Yorg‘a rahmu manga sabru tahammul istangiz. 

Aqlu sabru zuhdu taqvo jonima qilmang g‘ulu,  

Chiqti mast ul sho‘x, turmay emdi har yon butrangiz. 

Ko‘zu ko‘nglumdin edi ranjim ani ko‘r ayladim,  

Bo‘lsa bu devona paydo o‘tqa solib o‘rtangiz. 

Men fano dashtida tufrog‘ o‘lsam, ey ahli niyoz,

Ishlarim dostonlarin olmoqqa talqin asrangiz. 

Egma qaddim xam bo‘lub turmoq uchun, ey sho‘xlar,  

Yaxshidur cholokliklar birla sekrib o‘ynangiz. 

Bir pariyvash ishqidin miskin Navoiydur biling,

Dasht aro oshuftayu majnun sifatliq ko‘rsangiz. 

215

Ishq sirrig‘a amin kimsa xayol aylamangiz,  

Qismingiz xalqdin anduhu malol aylamangiz. 

Asray olmay o‘zunguz, chunki tilarsiz hamroz,

Topmag‘i mumkin emas, fikri mahol aylamangiz. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling