Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

107


Bo‘lmasa hushu xirad g‘amxorim, ey ishqu junun,  

Siz  bo‘lung  boqiyki,  holimg‘a  madadkor erdingnz.  

Ishq agar zor etti, afg‘on qilmang, ey jonu ko‘ngul,

Toki siz bor erdingiz, ishq ilgida zor erdingiz. 

Sotmangiz olamg‘a savdoyi esam, ey dardu g‘am

Kim, menga ishq ichra doim siz xaridor erdingiz. 

Ey zamon ahli, fusunu g‘adringiz ne aybkim,  

Ham zamondek doim  afsunsozu g‘addor erdingiz. 

Rindlar bas tiyradur, siz xonaqahg‘a tushkali,  

Ey xush ul kunkim, muqimi ko‘yi xammor erdingiz. 

Shomi hajridin Navoiyning xabar bergan ulus,  

Go‘yiyokim kecha tong otquncha bedor erdingiz. 



208

Yor etti mehri tarkiyu men yormen hanuz,

Ishqi salosilig‘a giriftormen hanuz. 

Hajrim tuniki yilcha edi bu umid ila

Kim. kelgasen, yo‘lung uza bedormen hanuz. 

Kelgach, ko‘ngul yarasi yovushti o‘ngalg‘ali,

Bir lahza bormag‘ilki, dilfigormen hanuz. 

Bozori husn davrida har necha xayli xat,  

Qildi g‘ulu, valek xaridormen hanuz. 

Ey shayxi soda, zuhduma har kun inonmakim,  

Tunlar muqimi kulbai xammormen hanuz. 

Men o‘lgali ko‘p erdiyu itlar fig‘onidin

Qilding gumonki, ko‘yung aro bormen hanuz. 

Aylab falakni jom sumurdum, Navoiyo,  

Qo‘sh tut bu bazm ichindaki, hushyormen hanuz. 

209

Nozaninlig‘ bog‘ida qadding niholi sarvnoz,  

Parvarish topib niyoz ashki to‘karda ahli roz. 

Ishq so‘zidin nega kuydung debon ayb aylamang,  

Zulm erur  nevchun choqindin qilmading deb ehtiroz. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling